wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2015 — 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig'imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida» 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarorini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Energiyani tejovchi lampalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2015 yil 20 oktyabrdagi 299-son qarorini bajarish yuzasidan, Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va respublika shaharlarida ko'chalarni elektr bilan yoritish sxemalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari kompleksining bajarilishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun energiyani tejaydigan zamonaviy yoritish priborlarini ishlab chiqarish bo'yicha mukammal ishlab chiqarish bazasi yaratilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi «O'zkommunxizmat» agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, xalqaro standartlarga javob beradigan aks etgan yorug'lik texnologiyasidan foydalangan holda Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlari joriy etilishini hisobga olgan holda, bir oy muddatda 2.01.05.98 «Tabiiy, sun'iy yoritish» KMKning sifatli qayta ko'rib chiqilishi va yangilanishini ta'minlasin.
3. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2016 — 2019 yillarda diodli yoritish texnologiyalari negizida Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq ma'qullansin.
4. Quyidagilar:
viloyatlar markazlari va shaharlardagi ko'chalar bo'yicha — Nukus shahrining, viloyatlar markazlari va shaharlarning obodonlashtirish boshqarmalari;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llari bo'yicha — «O'zavtoyo'l» aksiyadorlik kompaniyasi Dasturni bajarish ishlarining buyurtmachilari etib belgilansin.
5. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari o'rtasida, istisno tariqasida, tender savdolari o'tkazmasdan, «foydalanishga tayyor» shartlarida, maqbul narxlarni hisobga olgan holda Dastur doirasida tashqi yoritish tizimlarini etkazib berish va o'rnatish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari o'rtasida «foydalanishga tayyor» shartlarida tashqi yoritish tizimlarini etkazib berish va o'rnatish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olishni o'tkazish bo'yicha Komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya (B.I. Zakirov) ikki oy muddatda diodli yoritish texnologiyalari negizida tashqi yoritish uchun yoritish priborlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilari o'rtasida eng yaxshi takliflarni tanlab olishning belgilangan muddatda o'tkazilishini ta'minlasin hamda maqbul narxlarni hisobga olgan holda, kechki va tungi vaqtlarda ulash va o'chirish rejimiga muvofiq yoritishning tartibga solinishini nazarda tutib, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda xalqaro standartlarga muvofiq «foydalanishga tayyor» shartlarida tashqi yoritish tizimlarini etkazib berish va o'rnatish bo'yicha g'olibni aniqlasin.
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda «O'zavtoyo'l» aksiyadorlik kompaniyasi eng yaxshi takliflarni tanlab olish g'olibi bilan birgalikda:
bir oy muddatda tashqi yoritish ob'ektlarini xatlovdan o'tkazsinlar va natijalari bo'yicha ularning balans bo'yicha tegishliligiga ko'ra foydalanish bo'yicha mas'ullikka muvofiqligini ta'minlasinlar, shaharlar ko'chalarining tashqi yoritish ob'ektlarini Nukus shahri, viloyatlar markazlari va shaharlarning obodonlashtirish boshqarmalariga, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llarining tashqi yoritish ob'ektlarini — «O'zavtoyo'l» aksiyadorlik kompaniyasiga bersinlar;
ko'chalarning va avtomobil yo'llarining sifatli yoritilishini, shuningdek energiyaning tejalishini ta'minlash maqsadida tashqi yoritish tarmoqlarini foydalanish uchun texnik jihatdan tashqi yoritish qurilmalaridan foydalanish talablari va qoidalariga muvofiq holatga keltirish tadbirlari kompleksini amalga oshirsinlar;
xatlov natijalariga ko'ra ikki oy muddatda Toshkent shahridagi, viloyatlar markazlari va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilish bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta'minlasinlar;
loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi natijalariga ko'ra tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilish bo'yicha manzilli ro'yxatlarni va tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar.
8. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi o'tkazilishini ta'minlasin hamda Toshkent shahridagi, viloyatlar markazlari va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizasiya qilish ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatsin.
9. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
2016 yilda — Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari mablag'lari, shu jumladan yil boshidagi mablag'larning bo'sh qoldiqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining va viloyatlarning viloyat byudjetlarining daromadlari prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag'lar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari;
2017 — 2019 yillarda — Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari parametrlarida nazarda tutiladigan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari.
Moliya vazirligi har yili O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda 1-ilovaga muvofiq Dasturni bajarish uchun mablag'larni nazarda tutsin.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarori bilan ma'qullangan 2015 — 2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig'imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturini amalga oshirish doirasida respublikada ishlab chiqarilmaydigan va diodli yoritish priborlari ishlab chiqarish uchun chetdan keltiriladigan bojxona to'lovlaridan (bojxona yig'imlaridan tashqari) ozod qilinadigan asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar ro'yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
11. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 oktyabrdagi 502-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 10-son, 101-modda) bilan tasdiqlangan Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilgan foydalanishga topshirilayotgan ob'ektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi to'g'risidagi Nizom 2-bandining «a» kichik bandidagi «hovli va mavze ichidagi» so'zlari «tashqi» so'zi bilan almashtirilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoYEV
Toshkent sh.,
2016 yil 4 mart.
68-son

Attachments:
FileFile size
Download this file (LexUz_2911881.doc)Qarorni yuklab olish30 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 244 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset