wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Markazga murojaat etuvchilarga qulaylik yaratish uchun Qarshi shahar hokimligi binosidan tegishli xonalar ajratilib, to'liq ta'mirlandi, zaruriy jihozlar va zamonaviy, eng so'nggi rusumdagi kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlandi. Yukori malakali kadrlar ishga qabul qilinib, murojaat qilgan har bir tadbirkorlik sub'ektiga sifatli yuridik xizmat ko'rsatilishi to'liq yo'lga qo'yildi. Xizmat ko'rsatish, o'z – o'ziga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan xonalar va kutish zali tashkil etildi.
- Kelgusida “Yagona darcha” markazida zamonaviy elektron jadval o'rnatish uchun smeta loyiha ishlari olib borilmoqda. Bunda shahardagi mavjud bo'sh er maydonlari, bo'sh turgan binolar, Davlat Dasturi bo'yicha xususiy mulkka sotiladigan ob'ektlar, ajratilishi mumkin sanalgan tijorat kreditlari, birja savdosi, texnologik uskunalar katalogi haqidagi ma'lumotlar doimiy aks ettirib borilishi rejalashtirilgan, – deydi Qarshi shahar “Yagona darcha” markazi direktori Shuhrat Mustafoev. -O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2016 yil 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub'ektlariga markaz tomonidan “Yagona darcha” tamoyili bo'yicha birinchi bosqichda 16 turdagi davlat xizmatlari ko'rsatish amaliyoti joriy qilindi.
Shu bilan birga davlat xizmatlarini amalga oshiruvchi mas'ul idoralarning bevosita “Yagona darcha” markazi xodimlari o'rtasidagi “YE-ijro” tizimi bilan ishlashi bo'yicha o'zaro axborot almashishi elektron tarzda yo'lga qo'yilganligi ko'rsatiladigan xizmatlarning nafaqat sifatli, tezkorligini ham ta'minlamoqda.
- O'zbekiston Respublikasi Adliya, Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Respublika Savdo-sanoat palatasining malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan o'quv amaliy seminarlarda axborot, hujjatlar almashinuvi bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatuvchi tashkilot, tumanlar bilan Qarshi shahar “Yagona darcha” markazi o'rtasida tajriba ishlari o'tkazildi,- deydi markaz mutaxassisi Aziz Andaev.-Natijada, faoliyati yo'lga qo'yilganiga ko'p vaqt bo'lmagan markazimizga tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qator murojaatlar bo'ldi. Birgina shu yilning 4 – 14 yanvar kunlari xodimlarimiz tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga jami 349 davlat xizmatlari ko'rsatildi. Raqamlar ko'rinishida keltirib o'tadigan bo'lsak, yuridik shaxs sifatida 20 ta, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida 281 nafar, qayta ro'yxatdan o'tkazish haqida 28 ta, turar joyni noturar joy toifasiga o'tkazish bo'yicha 2 ta, elektr ta'minotiga ulanish bo'yicha 4 ta, gaz ta'minotiga ulanish bo'yicha 3 ta, qurilish – montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish bo'yicha 1 ta, er uchastkalariga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomani berish bo'yicha 4 ta, yuridik shaxs bino, inshootlar ipotekasi to'g'risidagi shartnomalari va ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha 6 ta tadbirkorlik sub'ektining murojaatlari qabul qilindi. Belgilangan tartibda davlat xizmati ko'rsatish tashkilotlari tomonidan ijrosi ta'minlab berilishiga ko'maklashildi.
Bosh Qomusimizning 23 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda Muhtaram Prezidentimiz “... Yangi – 2016 yil va kelgusi yillar amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va ularning samarasini kuchaytirishda yanada yuksak bosqich bo'ladi, deb aytishga to'la asosimiz bor”, deya ta'kidlab o'tgan edilar. Ushbu ma'ruzada quyidagi raqamlar ham bejizga tilga olib o'tilmagan:
“...Yangi korxonalarni ishga tushirish va faoliyat ko'rsatayotgan ob'ektlarni modernizasiya qilish, kichik biznes va xsusiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hisobidan yurtimizda faqat oxirgi 5 yilning o'zida 5 millionga yaqin yangi ish o'rni yaratilgani biz uchun nihoyatda muhim bo'lgan masalani echishga katta amaliy qadam bo'ladi...”
Chindan ham davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning tub mohiyati xalqimizga farovon turmush yaratib berishga qaratilgan. Ayni kunlarda tadbirkorlik faoliyatini olib borishni maqsad qilgan har bir fuqaro yo'lida katta – katta to'siqlar va g'ovlar emas, aksincha, beminnat iqtisodiy – huquqiy ko'mak kabi omillar mujassamlashib, ulkan imkoniyatlar, imtiyozlar ko'payib borayotganligi ayni haqiqat.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 136 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset