wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Qashqadaryo viloyatida 2015 yil dekabr oyida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan qo'shma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, mazkur dastur doirasida 2016 yil davomida 183,3 mln. so'mlik 33 ta loyihani  amalga oshirish belgilangan bo'lib, bugungi kunda 88,7 mln. so'mlik 15 ta loyihalar to'liq yakunlandi(qolgan loyihalar amalga oshirilish jarayonida).
Natijada, Axborot–kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasida pilot xudud sifatida tanlangan Qarshi shahar hokimligida 2016 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Kommunal sohasida xizmat ko'rsatuvchi korxonalar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar, blankalar va shakllarni inventarizasiyadan o'tkazildi. Viloyatdagi boshqaruv organlari va yirik korxona va tashkilotlarda foydalanilayotgan axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarining xududiy reestri shakllantirildi. Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirilgan ma'lumotlar soni 15 taga etkazildi. Qarshi shahar va tuman hokimliklari rasmiy veb-saytlari yaratilib, Internet tarmog'iga joylashtirildi. Viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti orqali ma'lumot shaklidagi 3 ta va onlayn murojaat shaklidagi 3 ta xizmatlar joriy etildi. Viloyat “Suvoqava” DUK tizimidagi tashkilotlarda ko'rsatilayotgan xizmatlarni avtomatik tarzda xisobini yurituvchi billing tizimi joriy etildi. Viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti va kompyuter tarmoqlari axborot xavfsizligi holati yuzasidan ekspertizadan o'tkazildi. Viloyatdagi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, yirik korxona va tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirokida “Axborot xavfsizligini ta'minlash” sohasida o'quv amaliy seminarlar tashkil etildi.
Davlat xizmatchilari, aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida TATU Qarshi filiali qoshidagi “Elektron hukumat” o'quv markazida 1605 nafar  hamda “Bunyodkor –yoshlar” otryadlari tomonidan
500 nafardan ziyod fuqarolar kompyuter savodxonligi bo'yicha malaka oshirdilar. 
Magistral telekommunikasiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizasiya qilish loyihasi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida magistral tarmoqlarning o'tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markaziga qadar 40 Gbit/s gacha va tuman markazlariga qadar – 10 Gbit/s gacha oshirish ishlari amalga oshirildi. Viloyat hududida 25 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi.   
Qashqadaryo viloyatida umumiy sig'imi 95 400 raqamga teng 123 ta telefon stansiyalari 100 foizga raqamlashtirilgan bo'lib, ular orqali 74,2 ming nafar foydalanuvchilarga zamonaviy aloqa xizmatlari ko'rsatib kelinmoqda.
2016 yil birinchi yarim yil yakunlari bo'yicha viloyat aholisiga Internet xizmatlarini ko'rsatuvchi keng polosali qurilmalarning sig'imi 107,71 foizga kengaytirilib, 23 90 portga etkazildi, ular orqali 18 mingdan ziyod abonentlarga xizmat ko'rsatilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2126 qaroriga asosan “O'zmobayl” filiali tomonidan viloyat hududida jami 5 ta GSM-900/1800 standartida ishlovchi baza stansiyalardan foydalanilmoqda. Joriy yilda qo'shimcha 41 ta baza stansiyalar o'rnatilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda, mobil aloqa tarmoqlarida o'rnatilgan baza stansiyalarning umumiy soni 1174 taga etkazilib, viloyatning 95,5 foiz hududi aloqa xizmatlari bilan qamrab olingan. Qamrovni kengayishi natijasida foydalanuvchilar soni 2,10 mln. nafarni tashkil etayotir.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati aholisining 40,7 foizi raqamli televidenie bilan qamrab olingan bo'lib, ularga sifatli televidenie dasturlari ko'rsatilmoqda.
Viloyat soha mutaxassislari joriy yilda:
•    Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish buyicha 33 ta loyihalarni amalga oshirish orqali 183,3 mln. so'mdan ortiq mablag'ni o'zlashtirish;
•    Qashi shahar hokimligining axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanish ko'rsatkichlari bo'yicha eng yuqori darajaga chiqarish maqsadida pilot loyixani amalga oshirish;
•    Viloyatdagi boshqaruv organlari, yirik korxona va tashkilotlarning 2500 nafardan rahbar va mutaxassislarini “KSBT”(kompyuter savodxonligi bo'yicha test)dan o'tkazish;
•    Viloyat hududida 150,0 km optik tolali aloqa liniyalari qurish ishlarini yakunlash.
•    Milliy operatorning GSM standarti buyicha tarmoqni kengaytirish.
•    Keng polosali tarmoqlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan 7192 portga teng telekommunikasiya qurilmalarini o'rnatish kabi ishlarni amalga oshirishga astoydil harakat qilishayotir.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 152 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset