wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Viloyatda 2015 yilda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan Farmon, Qaror, Farmoyishlar va Hukumat yig'ilish bayonnomalarining bajarilishini ta'minlash doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: “Qashqadaryo viloyatida axborot–kommunikasiya texnologiyalarini 2015 yilda yanada rivojlantirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra AKT sohasi bo'yicha jami 13 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilib, 13 ta loyiha (100%) amalga oshirildi va 160,5 mln so'm mablag' o'zlashtirildi.

Viloyatdagi 15 ta hokimlik, 70 ga yaqin davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, yirik korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 353 nafar rahbar va mutaxassislar “Ijro intizomi” axborot tizimiga ulangan.

Ulgurji savdo, alkogolli maxsulotlarni sotish, neft mahsulotlarini AYoQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatlarini amalga oshirish uchun beriladigan “Lisenziyalar reestri” yaratilib, yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integrasiya qilindi.

Viloyatdagi davlat va xo'jalik boshqaruv organlari, yirik korxona va tashkilotlar tomonidan yaratilib, “UZ domeni” zonasidan ro'yxatdan o'tkazilgan veb-saytlar soni yil boshiga nisbatan 40 foiz (30 ta)ga ko'payib, 80 tani tashkil ztdi. 

Aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko'rsatish uchun foydalanishi yo'lga qo'yilgan Interaktiv xizmatlar soni yil boshiga nisbatan 243 taga (127 %) ko'payib, 434 tani tashkil etmoqda.

Yil davomida Yagona interaktiv davlat xizmati portali orqali viloyat hokimligiga 294 ta murojaatlar kelib tushgan.  Ularning 261 tasi ko'rib chiqilgan, 4 tasi rad etilgan, 18 tasi bekor qilingan, 8 tasi ko'rib chiqish jarayonidagi murojaatlardir. Viloyatda axborot kommunikasiya texnologiyalariga ixtisoslashgan tashkilotlar soni 2015 yilda 2 taga (140%) oshirilib, 7 tani tashkil etadi.  2015  yilda “Paxta monitoringi”, “Davomad monitoringi”, “Mahalla” axborot tizimlari yaratilgan. 

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 noyabrdagi “Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish dasturi to'g'risida ”gi  294-sonli qaroriga muvofiq, 2015 yil fevral oyida viloyatning turizm salohiyatini namoyish etuvchi “www.visitkashkadarya.uz” rasmiy veb-sayti yaratilib, Internet tarmog'ida joylashtirilgan. 

Shuningdek, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida turistlar ko'p tashrif buyuradigan 10 ta hudud tanlab olinib, optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va “Wi-Fi” uskunalari o'rnatilib, ishga tushirildi.

TATU Qarshi filialida “Kompyuter savodxonligi” bo'yicha jami 1320 nafar, “Elektron hukumat” bo'yicha 202 nafar rahbar va ishchi xodimlar o'qitilgan. Shuningdek, “Bunyodkor yoshlar” o'quv otryadlari tomonidan 1119 nafar aholi va tadbirkorlik sub'ektlari o'qitildi. Joriy yilda, davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish maqsadida 4 marotaba seminar va treninglar tashkil qilindi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 27 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  PQ-2412-sonli qaroriga asosan shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlarni ro'yxatga olish inspeksiyalari negizida tashkil etilgan “Yagona darcha” markazlari, markazlar bilan hamkorlikda ishlovchi tegishli idoralarga jami 219 nafar xodimlarga elektron raqamli imzo kalitlari berilib,   idoralararo hamkorlik tizimiga ulandi, TATU Qarshi filiali va Qarshi shahar “Yagona darcha” markazida Viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tizimdan foydalanish bo'yicha seminarlar tashkil etildi.

“Bir darcha” markazlari faoliyat yuritishi uchun 126 nafar (100%) malakali mutaxassislar bilan to'liq ta'minlanib, markazlar uchun alohida binolar ajratildi va 90 mln so'mlik mebel va boshqa jihozlar bilan ta'minlandi. 

  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan  (432 mln so'm mablag' ajratilib) tasdiqlangan grafik asosida viloyatdagi “Yagona darcha” markazlari uchun markazlashgan holda zamonaviy orgtexnika va kompyuterlar xarid qilindi. (1-etapda 140 komplekt kompyuter, nusxa ko'paytirgich va boshqa texnika vositalari etkazib berildi)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2015 yil 14 sentyabrdagi 71-son bayoniga asosan “Tadbirkorlik sub'ektlariga qurilish uchun er uchastkalarini ajratishda axborot–kommunikasiya texnologiyalarini qo'llash” axborot tizimiga viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi va uning shahar va tuman bo'linmalari ulangan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil  27 iyundagi   PQ-1989 qaroriga muvofiq ma'lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi viloyat markazida 10 Gbit/s.ni va tuman markazlarida 1 Gbit/s.ni tashkil etmoqda, rejaga asosan viloyat markazini 40 Gbit/s. va tuman markazlarini 10 Gbit/s.ga etkazish bo'yicha uskunalar o'rnatilib, qurilmalarni sozlash (nastroyka) ishlari amalga oshirilmoqda.

Yil davomida 106,9 km. optik tolali aloqa liniyasi tortildi. Keng polosali tarmoqlarni rivojlantirish bo'yicha nuqtalar soni 652 taga (jami 21868 ta (103,1%) va Internet tarmog'i abonentlari soni  1015 taga (jami 15278 ta (107,1%) oshdi. 

2016 yil 1 yanvar holatida viloyatda “Internet” xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 50,1 mingtaga ortdi. (jami 467,9 mingta (112%) 

Viloyat aholisiga mobil xizmatlar ko'rsatish maqsadida yil davomida  22 ta tayanch stansiyalari o'rnatilib ularning soni 784 taga etkazildi. Natijada, bugungi kunda viloyatning 95,5 foiz hududi aloqa xizmatlari bilan qamrab olingan. 

yil davomida amalga oshiriladigan ishlar: 

Viloyat hokimligi va boshqa sub'ektlar rasmiy veb–saytlarida  tegishli hujjatlar, davlat xizmatlarining ro'yxati va reglamentlarini joylashtirish, ularning ayrimlarini interaktiv ko'rinishga o'tkazish;

-“Ijro intizomi” va “YE Ijro” axborot tizimidan foydalanuvchi sub'ektlar  sonini 68 taga oshirish; (sonini 150 taga etkazish).

-boshqaruv organlari, yirik korxona va tashkilotlarning rahbar va xodimlarini (Kompyuter savodxonligining baxolash tizimi) KSBT bo'yicha baholashdan o'tkazish;

-aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga ko'rsatilayotgan interaktiv xizmatlar sonini oshirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

-yil davomida 150 km. optik tolali aloqa liniyasi tortish;

-keng polosali xizmatlarni ko'rsatuvchi qurilmalar sonini 7192 portga kengaytirish; 

-mobil aloqa tarmoqlari qamrovini yanada kengaytirish maqsadida 60 ta baza stansiyalarni o'rnatish.

-raqamli televidenie qamrovini oshirish;

 

O'zRATvaKRV Qashqadaryo viloyati

 hududiy boshqarmasi

Tel.(375)221-80-00  

 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 136 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset