wrapper

O´zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog´lom ona va bola yili”  Davlat dasturi to´g´risida”gi PQ-2487-sonli qarorining ijrosini ta´minlash  maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to´g´risida”gi Qonunning 6-moddasiga  asosan,

  Q A R O R   Q I L A M  A N:

  1. O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9  fevraldagi “Sog´lom ona va bola yili” Davlat dasturi to´g´risida”gi  PQ-2487-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Quyidagilar:
  “Sog´lom ona va bola yili” viloyat dasturi 1-ilovaga;
  Qarshi shahar va tumanlarga biriktirilgan mas´ullar  2-ilovaga;
  dastur ijrosi bo´yicha viloyat monitoring guruhi 3-ilovaga  muvofiq tasdiqlansin.
  3. O´zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur  qaroriga asosan  “Sog´lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga  oshirishda quyidagilar asosiy ustuvor yo´nalishlar etib belgilanganligi  ma´lumot uchun qabul qilinib, ijroga yo´naltirilsin:
  oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar  manfaatlarini himoya qilish, sog´lom bolani tarbiyalashda ularning rolini  oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila  institutini mustahkamlashga yo´naltirilgan qonunchilik va normativ  huquqiy-me´yoriy bazani yanada takomillashtirish;
  olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi ayniqsa  ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy, tibbiy nuqtai nazardan zarur  sharoitlarni yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy  uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob´ektlarini barpo etish, qishloq aholisini  toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta´minlash, xizmatlar ko´rsatish va servis  darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;
  tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining  markazlarining moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini yanada  mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish  samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini  ko´paytirishni ta´minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari  malakasini oshirish;
  nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldin to´liq tibbiy  ko´rikdan o´tishini ta´minlash uchun tibbiyot hodimlarining mas´uliyatini  kuchaytirish, shu asosda tug´ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish hamda  ushbu maqsadlarda poliklinikalarni zamonaviy tashxis uskunalari bilan  jihozlash, ko´rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila  qurish va sog´lom farzand tug´ilishi uchun niqohdan oldin tibbiy ko´rikdan  o´tishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirgan holda katta  tushuntirish ishlarini olib borish;
  aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va  gigiena, homilador ayollarning sog´ligini saqlash va psixofiziologik ahvolini  yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish  sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish rasioni sifati va  kaloriyasi yaxshilanishini ta´minlash;
  yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng  ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan  muntazam shug´ullanishiga jalb etish, yangi sport ob´ektlarini qurish, ishlab  turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport  uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va  murabbiylar bilan ta´minlash;
  mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada  mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog´lom ma´naviy muhitni,  xususan o´zaro hurmat-ehtirom, er xotin o´rtasida, ota-onalar bilan farzandlar,  qaynona-kelin o´rtasida, qo´ni-qo´shnilar o´rtasida mehr-oqibat ruhini  yaratish;
  qiz bolalarni – bo´lajak onalarni- jismonan sog´lom va  intelektual rivojlangan tarzda shakllantirish, ularning akademik liseylar  kasb-hunar kollejlarda albatta ta´lim olishini, zamonaviy bilimlar va  kasb-hunarlarga ega bo´lishlarini ta´minlash, ularning hayotda munosib o´rinni  egallashlarida, kelajakda sog´lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart  hisoblanmish mustahkam hayotiy pozisiyani va mustaqil fikrlashni  shakllantirish;
  sog´lom bolani shakllantirishda ta´lim tizimining rolini  kuchaytirish, maktabgacha ta´lim muassasalari tarmog´ini yanada rivojlantirish,  boshlang´ich ta´limning yuqori sifatini ta´minlab, ilg´or pedagogika va  axborot-kommunikasiya texnologiyalarini amaliyotda keng joriy etgan holda,  bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sog´lom turmush  tarzini keng targ´ib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
  kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining, avvalo qizlarning  ish bilan bandligini ta´minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, o´z  biznesini yo´lga qo´yish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh  oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat  foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste´mol kreditlari ajratish  ishlarini yanada kengaytirish;
  dasturiy chora- tadbirlarni amalga oshirish bilan bog´liq  masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan o´zini-o´zi  boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar  tashkilotlari o´rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga  jamiyatda hurmat va obro´-e´tiborga sazovor bo´lgan keksa avlod vakillarini  keng jalb etish;
  ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot  vositalarining va Internet tarmog´ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda  “Sog´lom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda  Dasturning amalga oshirilishi to´g´risida keng axborot-tushuntirish ishlarini  tashkil etish.
  4.  Viloyat hokimining 2015 yil 14 dekabrdagi  X-433/12-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog´lom ona va bola yili” Davlat  dasturining aniq tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo´yicha  viloyat komissiyasi Dasturda belgilangan tadbirlarni belgilangan muddatlarda  to´liq va sifatli bajarilishini nazoratga olsin.
  Viloyat komissiyasi (G´.Djavliev), Qarshi shahar va tumanlar  hokimlari bilan birgalikda:
  o´n kun muddatda – viloyat tashkilot, korxonalar, idora  hamda tuman(shahar) hokimliklari tomonidan har bir idora, tashkilot, tuman  (shahar) va aholi punktlari bo´yicha “Sog´lom ona va bola yili” Davlat dasturi  yuzasidan hududiy va tarmoq dasturini ishlab chiqilishi va qabul qilinishini  ta´minlasin;
  Dasturda belgilangan vazifalarni viloyat darajasidagi  boshqarmalar, tashkilotlar, idoralar, Qarshi shahar va tumanlar hokimliklari  tomonidan o´z muddatlarida bajarilishi ustidan tizimli nazorat o´rnatsin.
  5. Viloyat Dasturining ijrosi bo´yicha 2-ilovaga  muvofiq hududlarga biriktirilgan mas´ullarga hududlarga chiqqan holda Dasturda  belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar  to´g´risida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo´yicha viloyat  komissiyasiga va monitoring guruhiga ma´lumot kiritib borish topshirilsin.
  6. Viloyat Monitoring guruhi, shahar va tumanlar  hokimliklari, biriktirilgan mas´ullar tomonidan taqdim qilingan ma´lumotlar  asosida, viloyat dasturining bajarilishi to´g´risida Respublika Monitoring  guruhiga har oyning 25 sanasiga qadar axborot taqdim qilib borsin.
  7. Viloyat hokimining o´rinbosarlari har oyda bir marotaba  o´z yig´ilishlarida, dastur ijrosi bo´yicha amalga oshirilgan ishlar  to´g´risida shahar va tumanlar hokimliklari hamda viloyat tashkilotlarini  hisobotlarini eshitib, vujudga kelgan muammolarni bartaraf qilish choralarini  ko´rsinlar.
  8.  Viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi  Dastur ijrosi bo´yicha har chorakda bir  marotaba hokimlar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining xalq deputatlari  viloyat Kengashi yig´ilishlarida hisobotlarini eshitib borilishini tashkil  qilsin.
  9. Viloyat teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy  axborot vositalariga, viloyat Dasturining maqsad va vazifalari hamda unda  belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya  etilsin.
  10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o´z zimmamda  qoldiraman.

Viloyat hokimi                    imzo                                 Z.Ruziev

Attachments:
URLFile size
Access this URL (http://qashqadaryo.uz/uploads/qaror-190216.doc)qaror-190216.doc116 kB
Access this URL (http://qashqadaryo.uz/uploads/3-ilova.doc)Qarorning 3-ilovasi35 kB
Access this URL (http://qashqadaryo.uz/uploads/2-ilova.doc)Qarorning 2-ilovas37 kB
Access this URL (http://qashqadaryo.uz/uploads/1-ilova.doc)Qarorning 1-ilovasi539 kB
Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 306 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset