wrapper

Mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan har qanday to'siqlarga murosasizlik muhitini yuzaga keltirish, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator hujjatlar qabul qilindi. Tadbirkorlik sub'ektlarini muqobil va rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinib, ayrim faoliyat turlariga ruxsat berish tartiblari tubdan qisqartirildi.
Bu borada yurtimiz erishgan natijalar jahon hamjamiyati tomonidan ham e'tirof etilmoqda. Biroq jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi bugungi raqobat sharoitida erishilgan natijalar bilan qanoatlanib, xotirjamlikka berilish, sustkashlikka yo'l qo'yish mumkin emas. Bu nafaqat xorijiy investorlar, balki mahalliy sarmoyadorlarni ham yo'qotishimizga sabab bo'lishi mumkin. Prezidentimizning 2018 yil 27 iyulda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni sohada bir qator engilliklar yaratishni ko'zda tutishi bilan nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi.
Ushbu hujjatga binoan, yurtimizda tadbirkorlik va biznes sohasida hali-hanuz saqlanib qolayotgan to'siqlarni bartaraf etish, xususan tadbirkorlarning oyog'iga to'shov o'laroq, faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgan qarzlardan kechilgani ularning yana ish boshlashiga imkon yaratib, yurtimizda shaffof investisiyaviy muhitni paydo qiladi, tadbirkorlarimizning davlatga ishonchini yanada oshiradi.
Farmonga ko'ra, 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan jismoniy shaxslarga va mazkur sanadan e'tiboran moliyaviy-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan, jumladan, faoliyatini vaqtincha to'xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisoblangan qat'iy belgilangan soliqdan, ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar bo'yicha qarzdorliklar, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari bo'yicha hisoblangan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish belgilanmoqda.
Bu qarzdorliklarni hisobdan chiqarish uchun esa tadbirkorlik sub'ekti 2019 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklashi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tishi kifoya qiladi. Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan rejali tekshiruvlar va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinmoqda.
Endilikda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi bo'yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat'iy belgilangan soliqni bir yo'la undirish amaliyoti ham bekor qilinmoqda.
Bundan tashqari, hujjatda yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo'lgan soliq va boshqa majburiy to'lovlar, ularga hisoblangan penyalar bo'yicha qarzdorliklarni ham hisobdan chiqarish choralarini ko'rish, soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi bo'lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to'xtatish tartibini qayta ko'rib chiqish, moliya-xo'jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Albatta, tegishli qaror bilan xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga taqdim etilayotgan ushbu imkoniyatlar hududlarning investisiyaviy jozibadorligi oshishiga ham xizmat qiladi. Ishbilarmonlik muhiti sifat jihatidan yaxshilanishi chet ellik investorlarni ham befarq qoldirmaydi. Ularning o'z biznes-g'oyalarini faol ro'yobga chiqarishiga turtki beradi.
Birgina Qashqadaryo misolida qaraydigan bo'lsak, shu vaqtgacha hududga xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi sa'y-harakatlarni u qadar qoniqarli, deb bo'lmaydi. Joriy yilning 1 iyul holatida viloyatda xorijiy kapital ishtirokida atigi 62 ta korxona faoliyat ko'rsatayotgani ham barchasini aytib turibdi. Chunki boshqa viloyatlar bilan taqqoslasak, bu juda kichik ko'rsatkich ekani ayon bo'ladi. O'tgan bir yilda bu toifaga mansub tadbirkorlik sub'ektlari soni 9 taga ko'paygan, xolos. Ulkan xom ashyo resurslari, sanoat salohiyati, zarur infratuzilmasi, mehnatkash ishchi-kadrlari bo'lgan hudud uchun bu yomon natija.
Qolaversa, xorijiy sarmoya ishtirok etgan korxonalarning asosiy qismi Qarshi shahri, Kitob, Qarshi tumanlarida joylashgan. Dehqonobod va Yakkabog' tumanlari hissasiga esa faqat 1 tadan shunday sub'ekt to'g'ri keladi. Mirishkor tumani iqtisodiyoti tarmoqlariga esa umuman xorijiy kapital olib kirilmagan. Bu hududlarda xorijiy investorlar bilan ishlash past darajada. Endilikda esa mavjud imkoniyatlardan o'rinli foydalanish, chet ishbilarmonlari bilan faol hamkorlikni yo'lga qo'yish lozim bo'ladi. Binobarin, buning uchun barcha sharoit etarli, huquqiy asoslar yaratib berildi.
Bir so'z bilan aytganda, davlatimiz rahbarining ushbu farmoni yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishida, biznes yuritish uchun sharoitlarning yanada yaxshilanishida, xorijiy investisiyalarni jalb etishda jozibali va ishonchli muhitni yaratishda hal qiluvchi omil bo'ladi.
Abdug'ani UMIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 140 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset