wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ularni import qilishda boj to‘lanmaydi

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan oqilona va samarali foydalangan ishbilarmon kishilar esa bugun muvaffaqiyatli biznes yuritmoqda, o‘z daromadini ko‘paytirmoqda. Ahamiyatlisi, bu jarayonda tadbirkorlar ko‘proq zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ustuvor e’tibor qaratib, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratmoqda. Bu borada ular rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘proq murojaat qilishayotgani e’tiborga molik. Chet eldan so‘nggi rusumdagi ishlab chiqarish quvvatlarini olib kelish harakati esa ulkan ishlarning boshlanishi, desak mubolag‘a emas. Asosiysi, bunday uskuna va texnologiyalarni import qilishda tadbirkorlik subyektlariga bir qator imtiyozlar taqdim etilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-martda ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qarorda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda asqatadigan muhim jihatlar mavjud. Ya’ni ishbilarmon qaror bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar) ro‘yxatga kiritilgan qariyb 100 turdagi texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlarni chetdan import asosida olib keltirganda, bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda viloyatimiz hududida faoliyat yurituvchi 50 ga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan aynan ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan qiymati 89,3 million AQSH dollarilik texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar 339 partiyada import qilindi. Asosiysi, mazkur mahsulotlarga 112,8 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanilgan. Shundan 7,03 milliard so‘mi bojxona boji, 105,7 milliard so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘ini tashkil etadi.

- Xitoy Xalq Respublikasidan shartnoma asosida polietilen xomashyosidan truba mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beruvchi qiymati 105 ming AQSH dollarilik texnologik jihozlarni olib keldik, - deydi “Odil Rayimqulov Komilovich” MCHJ rahbari Komiljon Rayimqulov. - Hozirgi kunda ular o‘rnatilib, korxonamizda ishlab chiqarishni boshlash arafasidamiz. Texnologik jihozlarimiz tegishli ro‘yxatda mavjudligi sababli bizga qariyb 65 million so‘m miqdorida bojxona imtiyozlari qo‘llanildi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, mazkur qarorda belgilanganidek, import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar ushbu ro‘yxatga TIF TN kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qo‘llaniladi hamda butlovchi va ehtiyot qismlarga, agarda ular kontrakt (shartnoma)ga muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda tatbiq qilinadi. Yangi texnologik uskuna deganda esa “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yiliga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan texnologik uskuna tushuniladi.

Shuningdek, olib kelinadigan texnologik jihozlarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida olib kiritilayotgan texnologik jihozning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi ishlab chiqaruvchi zavodning texnik pasporti yoki jihozlarning ular tomonidan ishlab chiqarilganligi, jumladan, ishlab chiqarilgan yili to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ishlab chiqaruvchining hujjati taqdim etiladi.

Albatta, tadbirkorlar bu qulayliklardan har tomonlama bahramand bo‘lishmoqda. Bu esa milliy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda, xalqimizni sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlashda hamda tashqi savdoni rivojlantirishda katta imkoniyatlarni yuzaga keltirayotir.

Farhod MIRZAYEV,

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 154 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset