wrapper

Tadbirkorlarga shuncha miqdorda bojxona imtiyozlari taqdim etildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hududida faoliyat yurituvchi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan 2017-yilda 374 million AQSH dollarilik mahsulotlar chetdan import asosida olib kelingan. Shuningdek, hududda ishlab chiqarilgan qariyb 230,6 million AQSH dollarilik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan.

Chet davlatlardan import asosida olib kelingan mahsulotlarning asosiy qismini texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar hamda xomashyolar tashkil etadi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilganligi samarasida o‘tgan yilning 9 oyida import mahsulotlarga 900,4 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanildi.

Aytish o‘rinliki, hozirgi vaqtda bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berish nazarda tutilgan, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlariga taalluqli bo‘lgan umumiy tusdagi 23 ga yaqin, faqat ayrim korxona va tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladigan individual tusdagi 300 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlar amalda. Ular talablaridan kelib chiqib, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalidagi Yagona reyestrda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar ro‘yxati e’lon qilingan va doimiy yangilab borilmoqda. Bu kabi imtiyozlar asosan investitsion loyihalar, mahalliylashtirish dasturi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan dasturlar doirasida, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyolar va materiallar importi bo‘yicha qo‘llanilmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlar miqdori hamda ulushi yildan-yilga oshmoqda. Bu esa tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlarning amaldagi  kichik bir ifodasidir. Tahlillarga ko‘ra, 2015-yilda viloyatimizga chetdan import qilingan mahsulotlarga hisoblangan 809,36 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlaridan 637,44 milliard so‘miga yoki 78,76 foiziga, 2016-yilda 798,62 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlaridan 692,51 milliard so‘miga yoki 86,71 foiziga hamda 2017-yilda import mahsulotlarga hisoblangan 965,69 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlaridan 900,4 milliard so‘miga yoki 93,24 foiziga imtiyozlar qo‘llanilgan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, 2017-yilda 2015-yilga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ixtiyorida 445,4 milliard so‘m ko‘p mablag‘lar qoldi. Bu mablag‘lar kelgusida korxonalar faoliyatini yanada kengaytirishga hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilashga xizmat qiladi. Pirovardida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati oshadi.

Farhod MIRZAYEV,

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 52 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset