wrapper

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 33-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining qarori (X-83/02-sonli) qabul qilingan.
Mazkur qarorning:
- 1-ilovasi bilan ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi horijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxati (ushbu ro'yxatda viloyatdagi AJ mavjud emas);
- 2-ilovasi bilan ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qo'shimcha aksiyalarni chiqarish yo'li bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxati (ushbu ro'yxatga viloyatdagi 7 ta AJ kiritilgan);
- 3-ilovasi bilan ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliya sub'ektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boradigan narxlar bo'yicha etkazib beruvchilarning ro'yxati tasdiqlangan (ushbu ro'yxatga viloyatdagi 21 ta AJ kiritilgan).
Ma'lumot uchun. O'zlarining ustav kapitallarida xorijiy investorlarni kamida 15 foiz miqdoridagi ulushlari bilan qatnashishga jalb etishni 2016 yil 1 dekabrga qadar ta'minlamagan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish belgilangan.
Viloyatda 2016 yanvar 1 yanvar holatida jami 49 ta aksiyadorlik jamiyatlari mavjud bo'lib, shundan 43 tasida davlat ulushi saqlangan va shuning 39 tasidagi davlat ulushlari xo'jalik birlashmalari ustav fondiga berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil                         28 apreldagi PQ-2340-sonli qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyatlaridan 13 tasining davlat va xo'jalik birlashmalaridagi ulushlari ommaviy savdolarga chiqarilgan. Ushbu jamiyatlarga bevosita to'g'ridan to'g'ri xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish mumkin.
Bugungi kunda ustav kapitalining 15 foiz ulushiga xorijiy investorlarni jalb etilishi belgilangan 15 ta aksiyadorlik jamiyatlaridan 14 tasi qo'shimcha aksiya chiqarish orqali aksiyalarni sotuvga chiqarish maqsadida (shundan 1 tasida “Muborak paxta tozalash” AJ da 48 foiz chet el investori mavjud):
- 1 tasida (Qashqadaryoavtotexxizmat AJ) umumiy yig'ilish o'tkazildi;
- 13 tasida joriy yilning fevral-mart oylarida yig'ilish belgilangan;
Shuningdek, mazkur jamiyatlarning barchasida mol-mulklarini baholash yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan va ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birgalik, ushbu jamiyatlar potensial xorijiy investorlarni qidirib topish va aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish maqsadida, korxona to'g'risida ma'lumotlarni (pasportlar, reklama roliklari, bukletlar) rus va ingliz tillarida tayyorlab, ommaviy axborot vositalari, internet va jamiyatlar veb saytlariga joylashtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining korporativ menejment (boshqaruv) sohasini takomillashtirish va bevosita aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni keng jalb qilinishini jadallashtirish borasidagi Farmon va Qarorlari ijrosini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash hamda mazkur yo'nalishda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Davlat raqobat qo'mitasining hududiy boshqarmasida shtab tashkil etilib, aksiyadorlik jamiyatlarda olib borilayotgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investisiyalar vazirligi qoshida tashkil etilgan “O'zinfoinvest” agentligiga taqdim etib borilmoqda.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 52 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset