wrapper

2015 yilda viloyat hududiy eksporti 97,8 million AQSh dollarini tashkil etdi va bu ko´rsatkich 100,3 foizga bajarildi.
Jami hududiy eksportning 28,3 foizini yoki 27,6 million dollarini xizmatlar tashkil etdi va o´tgan yilning shu davriga nisbatan
4,1 foizga o´sdi. Sanoat maxsulotlari eksporti (2,5 million dollar)   o´tgan yilga nisbatan 168,7 foizga, qayta ishlangan meva-sabzavot maxsulotlari eksporti (613,2 ming dollar) 146,1 foizga ko´paydi. Jami 67,2 million dollarga meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Shuningdek, 43,4 ming dollarga kimyo, 13,5 ming dollarga qorako´l maxsulotlari, 273,8 ming dollarga qurilish materiallari, 74,3 ming dollarga farmasevtika o´simligi va 85,0 ming dollarga boshqa mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. 
Dasturga kiritilgan 34 ta hududiy korxonalar eksport operasiyalarida ishtirok etishdi.
Hududiy korxonalarni eksportga jalb qilish hamda yangi turdagi mahsulotlarning eksport xajmini kengaytirish bo´yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida xisobot davrida 8 ta yangi korxona tomonidan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Qarshi shahridagi "EAST FRUIT EXPORT MChJ" 1113 ming dollarlik tekstil va G´uzor tumanidagi "Jasmina frukt servis" fermer xo´jaligi 54,1 ming dollarlik poliz maxsulotlarini Rossiyaga, Dehqonobod tumanidagi “Nur Aziz impeks” MChJ 20,1 ming AQSh dollarlik mahsulotlarni Hindistonga, Koson tumanidagi “Bonu kosmetiks” MChJ  613,2 ming AQSh dollarlik quritilgan meva mahsulotlarini, Qarshi tumanidagi "Wood décor production" qo´shma korxonasi 66,4 ming dollarlik milamin qog´ozini Turkiyaga, “Personal qurilish savdo” MChJ 9,3 ming dollarlik mikrokalsitni Qirg´izistonga, Qamashi tumanidagi “Murodali farm tekstil” MChJ 959.1 ming AQSh dollarlik tekstil, Nishon tumanidagi “Semteno server” MChJ 806,6 ming dollarlik meva-sabzavot hamda Chiroqchi tumanidagi “Resurs ta´mirlash zaxira” MChJ  50.2 ming dollarlik poliz mahsulotlarini Rossiyaga eksport qildi.
Shuningdek, 5 ta yangi turdagi mahsulotlarning eksport xajmini kengaytirish bo´yicha ishlar amalga oshirildi. 
Qarshi shahridagi "EAST FRUIT EXPORT" MChJ tomonidan 1113 ming dollarlik paypoqlar va ichki kiyimlar Rossiyaga, Qarshi tumanidagi "WOOD DÉCOR PRODUCTION" qo´shma korxonasi tomonidan 66,4 ming dollarlik milamin qog´ozi Turkiyaga, Koson tumanidan "Oltin voxa agro invest" MChJ tomonidan 26 dollarlik qovun urug´lari Rossiyaga, Muborak tumanidagi "Muborak global impex"MChJ tomonidan 43,4 ming dollarlik  qayta ishlangan oltingugurt mahsulotlari Xitoyga eksport qilindi.
Viloyat tashqi savdosini diversifikasiya qilish maqsadida viloyatning ishbilarmonlari va tadbirkorlaridan iborat delegasiyalarning xorijiy kompaniya va firmalar bilan eksport shartnomalari to´zishni ko´paytirish uchun chet davlatlarda bo´lib o´tadigan yarmarkalarda qatnashishi tashkillashtirilmoqda. Jumladan, viloyat tadbirkorlarining manfaatlarini ko´zlab o´tgan yilda  Latviya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va  Xitoyning Guanjou va Shanxay shaharlariga tadbirkorlarning biznes-tashriflari tashkil etildi.
Tashriflar davomida tadbirkorlarimiz tomonidan Germaniyada tashkil etilgan «Frutt logistic» (meva-sabzavot logistikasi) yarmarkasida viloyat korxonalari tomonidan Latviya va Litva davlati kompaniyalari bilan meva-sabzavot va poliz maxsulotlarini eksport qilish bo´yicha shartnomalar imzolandi.
Shuningdek 2015 yil aprel-may oylarida Xitoy Xalq Respublikasida o´tkazilgan “Canton fair” eng yirik sanoat ko´rgazmalaridan biriga viloyatdagi 8 ta tadbirkorlik sub´ektlari qatnashib keldi.
2016 yilda viloyatimizning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida, Germaniyaning Nyurnberg shahrida bo´lib o´tadigan «Bio Fach», Berlin shahrida o´tkaziladigan “Yashil haftalik” qishloq xo´jaligi mahsulotlari xalqaro ko´rgazmasida va BAAlarining Dubay shahrida bo´lib o´tadigan «Gulfood Exhibition» oziq-ovqat yarmarkasida, mart-aprel oylarida Xitoyning Pekin shahrida o´tkaziladigan tayyor kiyimlar va tekstil yarmarkalarida hamda iyun oyida Germaniyaning Frankfurt shahrida, sentyabr oyida Rossiyaning Moskva shahrida engil sanoat bo´yicha o´tkaziladigan ko´rgazma savdolarida qatnashishlari ko´zda tutilgan.
Viloyat xokimligi tomonidan 2015 yilga mo´ljallangan hududiy investisiya dasturi ishlab chiqilgan.
2015 yilda hududiy investisiya Dasturining ijrosi bo´yicha 20 ta loyiha amalga oshirilgan bo´lib, ushbu loyihalarga  barcha manbalar hisobidan 48,2 million AQSh dollari miqdorida investisiyalar jalb etildi va belgilangan  prognoz ko´rsatkichi 100,3 foizga bajarildi. Jalb etilgan investisiyalarning 40,8 million AQSh dollari to´g´ridan-to´g´ri va 6,3 million AQSh dollari tashabbuskorlarning o´z mablag´lari hisobiga to´g´ri keldi.
Jalb qilingan investisiya loyihalari natijasida 110 ta yangi ish o´rinlari yaratildi.
2016 yil 1 yanvar holatiga viloyat bo´yicha jami 50 ta xorijiy investisiyalar ishtirokidagi xo´jalik sub´ektlari ro´yxatdan o´tkazilgan, mavjud korxonalarning 42 tasi faoliyat yuritmokda.
Mazkur xo´jalik sub´ektlari hozirgi kunda engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash (“Kotton road” O´zbekiston-Amerika qo´shma korxonasi), turli xildagi beton asfalt, polimer quvurlar (MChJ shaklidagi "Saturn Plast" O´zbekiston-Xitoy qo´shma korxonasi), mikrokalsit va  bo´yoqlar ishlab chiqarish (“Safit karb” O´zbekiston-Xitoy qo´shma korxonasi), vino mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash ("AGROMIR KITAB" O´zbekiston-Britaniya qo´shma korxonasi), moy sovutish radiatorlari ishlab chiqarish (“Avtotraktor Radiator” O´zbekiston-Rossiya qo´shma korxonasi), avtomobillarga texnik xizmat ko´rsatish va yuk tashish xizmatini ko´rsatish («SERGORUS-UZ» O´zbekiston-Litva qo´shma korxonasi) va boshqa sohalarda faoliyat olib borishmoqda.
Joriy yil davomida 2 ta horijiy korxonalar, ya´ni Qarshi tumanida kalava-ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan MChJ shaklidagi "LT TEXTILE INTERNATIONAL" xorijiy korxonasi, Dehqonobod tumanida ferula assofoitida (kavrak shirasi)ni qayta ishlashga ixtisoslashgan MChJ shaklidagi "NATURAL ASSOEFETIDA" qo´shma korxonasi tashkil etildi.

 

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 343 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset