wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Joriy yilning I choragida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari bajarilishini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida.
Viloyatda 2017 yilning yanvar-mart oylarida yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 trln 164 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizga (prognoz 104,8 foiz), prognozga nisbatan 1,7 bandga ortig'i bilan bajarildi. 
Yalpi hududiy mahsulot tarkibida mahsulot va eksport-import operasiyalaridan olingan sof soliqlar ulushi 7,2 foizni, qishloq xo'jaligi sohasi ulushi 3,8 foizni, sanoatning ulushi (qurilish sohasi qo'shilgan holda) 52,8 foizni (sanoat sohasi  44,7 foiz, qurilish sohasi     8,1 foiz), xizmatlar ulushi 43,4 foizni (savdo, yashash va oziq-ovqat bo'yicha xizmatlar 9,3 foiz, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari 8,3 foiz, qolgan xizmat turlari 25,8 foizni) tashkil etdi.
Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 42,8 foizni tashkil etib o'tgan yilga nisbatan 0,5 bandga, xizmatlarning ulushi               43,4 foiz yoki 1,2 bandga ko'paydi.
Hisobot davrida 8 ta asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlardan 6 tasida  belgilangan prognozga nisbatan yuqori o'sish sur'atlari ta'minlandi.   
Xususan, Canoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 107,8 foizga (prognoz 105 foiz), iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 110,1 foiz (prognoz 108,2 foiz), hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 114,6 foizga (114 foiz), pudrat ishlari 110,6 foizga (prognoz 110,5 foiz), jami xizmatlar 113,0 foizga (prognoz 112,9 foiz) va chakana savdo aylanmasi 113 foizga (prognoz 113 foiz) o'sishi ta'minlandi.
 Shu bilan birgalikda, 2 ta ko'rsatkich jumladan, kapital mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha belgilangan prognoz (102 foiz) ko'rsatkichi 67,6 foizga yoki -34,4 foizga kam, qishloq ho'jalik mahsulotlari etishtirish prognozi (106,7 foiz) 106,4 foizga  yoki -0,3 bandga kam bajarildi. 
Kapital mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha belgilangan prognozning bajarilmasligiga viloyatdagi 8 ta yirik korxonalar tomonidan o'tgan yilning shu davriga nisbatan qariyib 300 mlrd so'mga yaqin investisiyalar kam jalb etilganligi asosiy sabab bo'ldi.
Hisobot davrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 16,6 mln dollar investisiyalar evaziga 296 ta loyihalar jumladan 56 tasi sanoat, 170 tasi xizmat ko'rsatish va 70 tasi qishloq xo'jaligi yo'nalishida amalga oshirildi.


Sanoat sohasini rivojlantirish bo'yicha. Hisobot davrida 2 trln. 469 mlrd.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o'tgan yilga nisbatan 107,8 foizga o'sishga erishildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 798 ming so'mni tashkil etdi yoki o'tgan yilga nisbatan 61 ming so'mga ko'paydi. (2016 yilda 737 ming so'm).
Viloyat hududiy korxonalari tomonidan 578,2 mlrd so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, o'tgan yilga nisbatan  114,5 foizga o'sdi.
Aholi ehtiyojini va tashqi bozorni ta'minlash maqsadida o'tgan yilga nisbatan 52,3 mlrd so'm ko'p ya'ni 568,5 mlrd.so'mlik iste'mol tovarlari ishlab chiqarildi yoki o'sish 110,1 foizni tashkil qildi. Aholi jon boshiga iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 184 ming so'mga to'g'ri keldi.
Hisobot davrida sanoat yo'nalishida 33,8 mlrd.so'mlik investisiya hisobiga 56 ta loyiha amalga oshirildi va 478 ta real yangi ish o'rinlari yaratildi.
Mazkur korxonalarning 28 tasi tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va              28 tasi nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo'nalishida tashkil etildi.
Misol uchun, Yakkabog' tumanida "Yakkabog' Voha teks" MChJning Kalava ip ishlab chiqarish loyihasi, Shaxrisabz tumanida "Katod trans" MChJning Paypoq ishlab chiqarish loyihasi, Muborak tumanida "Muborak tumani gazni qayta ishlash zavodi" MChJ tomonidan Farmasevtika sanoatida ishlatiladigan oltingugurt ishlab chiqarish loyihasi va Kitob tumanidagi "SAFIT CARP" MChJning yiliga 30 tonna vodaemulsiya ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida”gi 2298-sonli qaroriga hududiy tasarrufdagi 11 ta korxonaning 25 ta loyihalari kiritilgan bo'lib, mazkur korxonalar tomonidan xisobot davrida 1,8 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 514 ming dollar miqdorida erkin ayirboshlanadigan valyuta iqtisod qilib qolindi.

2017 yilda Dasturga kiritilgan korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich amalga oshirish (setevoy) grafigi ishlab chiqilib, 25 ta loyihalar doirasida 14,1 mlrd so'm miqdorida mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
      Bundan tashqari, hozirgi kunda viloyatda yumshoq va qattiq terini va polietilen granulasini qayta ishlash, nazorat kabellari, kraska va quruq sut hamda mikrokolsit mahsulotlarini mahalliy xom-ashyolar hisobidan o'zlashtirish yuzasidan Dasturga kiritish uchun 5 ta korxonaning  8 ta loyiha pasportlari tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
    Shuningdek, viloyatni 2017-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan viloyatga ko'p miqdorda import bo'layotgan va ichki bozor to'yinmagan plastmassa idishlar, avtomashina oynalari, amortizatorlar,   ventilyatorlar, gaz plitalari, tish tozalash vositalari, oshxona idishlari, engil avtomobillar uchun radiatorlar, ruchka, qalam va boshqa maktab uquv qurollari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish xisobiga Maxalliylashtirish Dasturiga jami 48 ta yangi loyihalarni kiritilishi rejalashtirilib, qo'shimcha 70 mlrd so'mlik mahsulot ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan.
    Dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar natijasida                                25,5 mln.dollardan ortiq miqdorda erkin ayirboshlanadigan valyuta iqtisod qilib qolinadi.
Kapital qo'yilmalarni jalb etish bo'yicha. Hisobot davrida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 945 mlrd so'mdan ziyod investisiyalar o'zlashtirildi.
Kiritilgan mablag'larning 10,6 foizi yoki  100 mlrd so'mi xorijiy investisiya va kreditlarni, 67,0 mlrd so'mi yoki  67,0 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni tashkil etdi.
Korxonalar tomonidan jalb etilgan mablag'lar  529 mlrd.so'mni yoki jami investisiyalar hajmining qariyib 56 foizini tashkil etdi.
Kiritilgan investisiyalarning qariyib 73,6 foizi yoki 696,5 mlrd so'mi ishlab chiqarish sohasiga sarflandi.
Korxonalar mablag'i hisobidan xaqiqatda 523,5 mlrd.so'm kapital mablag' o'zlashtirildi bu asosan mavjud korxonalar quvvatini oshirish va modernizasiya qilish xamda texnik va texnologik jixatdan qayta jixozlash ishlariga yo'naltirildi.
    Pudrat ishlari hajmi. Qurilish tashkilotlari tomonidan 528 mlrd so'mdan ziyod qurilish-pudrat ishlari amalga oshirildi yoki o'sish surati             110,6 foizni tashkil etdi.

Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasida 2017 yilning o'tgan davrida                  1 trln 123 mlrd so'mdan ortiq xizmatlar ko'rsatildi yoki 2016 yilning shu davriga nisbatan 113 foiz o'sishga erishildi.
Hozirgi kunda viloyatda 34 mingdan ortiq xizmat ko'rsatish shaxobchalari faoliyat ko'rsatmoqda.
Ushbu faoliyat  ko'rsatayotgan  xizmat ko'rsatish shaxobchalarining bir necha, zamonaviy xizmat turlarini o'z ichiga olgan kompyuterlarni programmalashtirish, aloqa va axborotlashtirish, moliya, turistik xizmatlar kabi xizmat sohalarining tez sur'atlarda o'sib borayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hisobot davrida dasturga asosan 170 ta savdo va xizmat ko'rsatish ob'ektlari tashkil etilib 857 ta  yangi ish o'rinlari yaratildi.  Ushbu yaratilgan ish o'rinlarining 86 foizi qishloq joylarga to'g'ri keladi.
Sub'ektlarning 82 tasi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari,
5 tasi  moliya xizmatlari, 6 tasi sog'liqni saqlash xizmatlari, 37 tasi maishiy xizmat ko'rsatish shaxobchalari va 50 tasi boshqa xizmat ko'rsatish shaxobchalarini tashkil etdi.
2017 yilning yanvar-mart oylarida 1 trln 701 mlrd.so'mlik chakana savdo aylanmasi amalga oshirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 113 foiz o'sishga erishildi.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida qabul qilingan bir qator muhim hujjatlar asosida yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan holda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilning yanvar-mart oylarida 748 ta yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etildi hamda ularning jami soni 15097 taga etdi.
Hozirgi kunda ro'yxatdan o'tgan sub'ektlarning 14299 tasi yoki 94,7 foizi faoliyat ko'rsatmoqda. (2016 yilda 92 foiz).
Kichik biznesni moliyaviy-qo'llab quvvatlash maqsadida o'tgan davrda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga 301,5 mlrd so'm yoki o'tgan yilga nisbatan 71,1 mlrd.so'm ko'p kredit mablag'lari ajratildi.
Qishloq xo'jaligi yo'nalishida 2017 yil yanvar–mart oylarida amaldagi narxlarda   304,9 mlrd.so'mlik  yalpi qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarilib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 106,4 foizga o'sdi. Dehqonchilik mahsulotlari 72,9 mlrd.so'mni va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 224,1 mlrd.so'mni tashkil etdi.
2017 yil sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlari etishtirishni yanada ko'paytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Hisobot davrida  aholini asosiy turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida umumiy qiymati 3,1 mlrd so'm bo'lgan 70 ta  loyihalar amalga oshirildi va 392 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 
Loyihalarning 33 tasi chorvachilik, 3 tasi parrandachilik, 1 tasi baliqchilik,   3 tasi asalarichilik, 19 tasi issiqxona, 4 tasi bog'dorchilik, 3 ta uzumchilik va 4 ta pillachilik yo'nalishlarida amalga oshirildi.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 193 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset