wrapper

Maxsus imkoniyatlar

2016  yil  “22” oktyabr        soat – 11-00                       Qarshi shahri

Assalomu-alaykum, Hurmatli majlis qatnashchilari
Deputatlar, viloyat, shahar va tuman faollari !

Xabarlaringiz bor - joriy yilning 13 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasida 2016 yilning 9 oylik respublikani ijtimoiy-                     iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.
Bugungi majlisda, viloyatni 2016 yil 9 oylik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yil va kelgusi yillar uchun qabul qilingan istiqbolli dasturlarni amalga oshirish bo'yicha rahbarlarning ma'suliyat va javobgarligini yanada oshirish uchun eng muhim yo'nalishlarni belgilab olishimiz shart. 

Majlisimiz selektor tarzida o'tkazilmoqda.
Viloyat studiyasida:

Viloyat hokimining o'rinbosarlari, kotibiyat, guruh rahbarlari,  Qarshi shahri va tumanlar hokimlari, huquq tartibot organlari rahbarlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, iqtisodiyot, ijtimoiy, qurilish, kommunal, qishloq xo'jaligi, jamoatchilik majmualariga qarashli boshqarma, tashkilot va yirik sanoat korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan.
Shuningdek, viloyat studiyasida, O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov hamda Respublika vazirlik va idoralaridan viloyatimizga biriktirilgan ishchi guruhi a'zolari ishtirok etmoqdalar.
Qarshi shahri va  tumanlar hokimliklari studiyalarida:
Qarshi shahri va tumanlar hokimlarining o'rinbosarlari, tuman, shahar Kengashi deputatlari, huquq tartibot organlari rahbarlari, qishloq va mahalla fuqarolari yig'inlari raislari, kun tartibiga aloqador tuman, shahar korxona, tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etmoqdalar.
Majlisimiz reglamentini qo'yidagicha belgilab olishni taklif qilaman:
Ma'ruzalar uchun 20 minutgacha
Hisobotga chiquvchilar uchun 5-7 minutgacha
Savollar, ma'lumotlar  uchun  3 minut belgilasak.
Ma'qulmi? Rahmat.

Hurmatli majlis qatnashchilari !
Vazirlar Mahkamasining yig'ilishida, O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyov tomonlaridan O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Muhtaram Islom Abdug'anievich Karimovning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha uzoqni ko'zlab belgilab bergan eng muhim ustuvor yo'nalishlarni so'zsiz bajarilishini ta'minlash uchun Hukumat a'zolariga, vazirlik, idora va hudud rahbarlari oldiga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Bugungi kunda shiddat bilan o'zgarayotgan zamon, global iqtisodiyotning rivojlanishi tobora sekinlashib borayotgani va jahon bozorlaridagi noqulay shart-sharoitlar hammamizning oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo'ymoqda.
Shu nuqtai nazardan bugungi majlisda qatnashayotgan mendan boshlab, barcha rahbarlar, mahalla raislaridan tortib kollej, maktab direktorlari, bog'cha mudirlari ham buni his etishlari hamda o'ziga yuklatilgan vazifalarni astoydil mexr bilan, vijdonan bajarishlari talab etiladi.
O'tgan hisobot davri taxlillari shuni ko'rsatmoqda-ki viloyatda belgilangan asosiy prognoz ko'rsatkichlar bo'yicha barcha sohalarda ortig'i bilan o'sishga erishildi.
Yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trln 631 mlrd so'mni tashkil etdi va 106,5 foiz o'sishga erishildi.
Sanoatda o'sish sur'ati 105 foizga, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 117,2 foizga, xizmatlar hajmi 116,3 foizga, qurilish ishlari 112,7 foizga ta'minlandi.
O'tgan yillarga nisbatan taqqoslaganimizda viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmi Respublikaning ulushida oshib bormoqda.
Sanoat mahsulotlari ulushi 2015 yilda 8,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda 8,6 foizni ya'ni, 0,4 foizga ko'paydi.
Yana bir raqamga e'tiborlaringizni qaratmoqchiman - Respublika bo'yicha kiritilayotgan investisiyalarning 11,2 foizi viloyat hissasiga to'g'ri kelmoqda.
Bu degani, yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo'ladi, real ish joylari yaratiladi. Aholining turmush farovonligi va daromadini yanada oshishiga zamin yaratiladi.
Yurtimizning Birinchi Prezidenti tomonidan yaratib berilgan tizimli ishlarning davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Hurmatli Shavkat Miromonovich rahbarligida istiqbolli dasturlar, muxim hujjatlar qabul qilinmoqda.
 Shahar, tuman markazlari bilan birgalikda chekka va tog'li hududlarni ham kompleks rivojlantirish bo'yicha aniq tadbirlar davom ettirilmoqda.
 O'tgan sentyabr oyining 28-29 kunlari Respublikaning maxsus ishchi guruhi “O'zbekiston Temir yullari” kompaniyasi raisi Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich va Iqtisodiyot Vazirining birinchi o'rinbosari Xodjaev Botir Asadullaevich boshchiligida vazirlik va idoralardan 100 dan ortiq rahbar va mutaxassislar  viloyatga tashrif buyurib, Qashqadaryo viloyatini 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi shakllantirildi.
Respublika Ishchi guruhi a'zolari o'zlari joylarga chiqqan holda muammolarni urganib, Dasturga qo'shimcha takliflar tayyorladilar va ko'plab masalalarni ijobiy hal etib berdilar.  
Mazkur Dasturga asosan keyingi 5 yilda viloyat iqtisodiyotiga 36 trln 586  mlrd so'mdan ziyod investisiyalar yo'naltiriladi.
Ularning qariyib 80 foizi ishlab chiqarishni yangilashga jalb etiladi.
Xususan, qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo'ljallangan o'rtacha bir loyihaning qiymati              1 mlrd so'mga teng bo'lgan 321 ta yirik loyihalar amalga oshiriladi.
YEngil sanoat sohasida paxta tolasini 3-4 bosqichda chuqur qayta ishlash asosida har xil turdagi tayyor tikuvchilik mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha umumiy qiymati 293 mlrd. so'mlik 85 ta yirik loyihalar ishga tushirilishi mo'ljallanmoqda.
Paxta tolasini qayta ishlash darajasi bugungi kundagi             10 foizdan 51,7 foizga etkaziladi.
Charm-poyabzal sanoatida 26,5 mlrd so'mlik investisiya hisobiga 15 ta hamda Farmasevtika tarmog'ida 18,6 mlrd so'mlik         11 ta yirik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Shuningdek, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energisi, yo'llar, maktab, kollej, bolalar bog'chalari, madaniyat va dam olish maskanlari, istiroxot bog'lari, qishloq joylarda katta hajmda uy-joylar qurilishi rejalashtirildi.
   Hurmatli majlis qatnashchilari!
Hurmatli Bosh Vazirimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Virtual qabulxona” barchamizni yanada sergak tortirdi.
Kuzimiz ilg'amagan masalalar hamda ayrim raxbarlarning ishga bo'lgan munosabati oynadek ravshan ko'rinib qoldi.
Bugungi kungacha viloyatdan “Virtual qabulxona”ga tushgan murojaatlar soni 1107 tani tashkil etdi.
Murojaatlarning 34,6 foizi Qarshi shahriga, 9,3 foizi Shahrisabzga, 8,3 foizi Qarshi tumaniga, 5,4 foizi Yakkabog' tumaniga, 5 foizi Kitobga, 7 foizi G'uzorga, 4,6 foizi Kosonga, 5,2 foizi Dehqonobodga, 4,1 foizi Nishonga, 5 foizi Qamashiga, 4,2 foizi Chiroqchiga, 2,8 foizi Muborakga va 3 foizi Kasbi tumaniga to'g'ri keladi.      
Tahlillarga ko'ra murojaatlarning asosiy qismi uy-joy qurilishi hamda moddiy yordam ko'rsatish masalalariga to'g'ri kelmoqda.


Shu bilan birgalikda, ularning ayrimlarini joyiga borib urganilganda o'z tasdig'ini topmasdan, “ig'vogarlik” va “ichi qoralik” maqsadida murojaat qilganlik holatlari aniqlanayotganligini ham aytib o'tishimiz kerak.
  Notug'ri murojaatlarga nisbatan albatta, keskin choralar kuriladi va ular qonuniy jazolarini oladilar.
Umuman, ushbu masala bo'yicha barchamiz jiddiy  shug'ullanishimiz, xar bir murojaatni oxiriga etib, izohlab berishimiz kerak bo'ladi.
Mazkur masala yuzasidan viloyat Prokurori Salom Ismatovich Samadov batafsil to'xtalib o'tadi.

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Endi bugungi kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o'tamiz.


Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 57 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset