wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Iqtisodiyot. Investisiya salohiyati.

O´zbekiston  Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil  16 yanvarda bo´lib o´tgan majlisida belgilab berilgan 2015 yilga mo´ljallangan  iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo´nalishlarini amalga oshirish bo´yicha  qabul qilingan chora-tadbirlar jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan  sharoitda joriy yilning to´qqiz oyi mobaynida butun mamlakatimizda bo´lgani  kabi viloyatimizda ham iqtisodiy o´sish sur´atlarini saqlash va iqtisodiy  barqarorlikni ta´minlash imkonini berdi.

  Joriy yil 9  oyi yakuni bo´yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 2014 yilning shu davriga  nisbatan 5 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,1 foiz, qishloq  xo´jaligi mahsulotlari hajmi 6 foiz, chakana savdo aylanmasi 11,9 va xizmatlar  hajmi 13,7 foizga o´sdi.
  Viloyat  tashqi savdo aylanmasi hajmi 613,7 million AQSh dollarini tashkil etdi.

  Ishlab  chiqarishni tarkibiy o´zgartirish, modernizasiya va diversifikasiya qilish,  yuqori texnologiyali muhim ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga  topshirishni tezlashtirish, shuningdek, hududlar sanoat salohiyatini  mustahkamlash, transport va kommunikasiya infratuzilmasini jadal  rivojlantirishga qaratilgan faol investisiya siyosatining amalga oshirilishi  samarasida joriy yilning to´qqiz oyida o´zlashtirilgan investisiyalar umumiy  hajmi 3 trillion 747,1 milliard so´mni tashkil qildi va 2014 yilning shu  davriga nisbatan 28,6 foiz oshdi.
  O´zlashtirilgan  investisiyalarning 518,9 milliard so´mi yoki 13,8  foizini xorijiy  investisiya va kreditlar, jumladan, 149,7 milliard so´mini to´g´ridan-to´g´ri  xorijiy investisiyalar tashkil qildi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida  yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun O´zbekiston tiklanish va  taraqqiyot jamg´armasining 304,1 milliard so´m mablag´i o´zlashtirildi.
  Kapital  qo´yilmalar tarkibida nisbatan ko´p ulushni xo´jalik sub´ektlarining o´z  mablag´lari hisobidan o´zlashtirilgan investisiyalar tashkil qildi (49,5 foiz)  va bu ko´rsatkich 2014 yilning mos davriga nisbatan 34,5 foiz o´sdi. Bu esa korxonalar  2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o´zgartirish, modernizasiya va  diversifikasiya qilishni ta´minlash bo´yicha chora-tadbirlar dasturi,  shuningdek, hududlarning sanoat salohiyatini oshirish manzilli dasturlari  ijrosiga faol jalb qilinayotganidan dalolat beradi.

Davlat  kafolati ostidagi chet el sarmoyalari va kreditlari  hisobidan  yanvar-sentyabr oylarida 369,2 milliard so´m mablag´ o´zlashtirildi. Jumladan,  450 MVt quvvatli ikkita bug´-gaz qurilmasi barpo etish yo´li bilan Talimarjon IESni  kengaytirish loyihasi    doirasida 270,9 milliard so´m,  "O´zbekenergo" davlat aksionerlik kompaniyasi uchun 4,2 milliard  so´m, "Maroqand-Qarshi" temir yo´l uchastkasini elektrlashtirish  ishlariga 66,9 milliard so´m, "Qarshi-Termiz" temir yo´l uchastkasini  elektrlashtirish ishlariga 24 milliard so´m, viloyatning sug´oriladigan erlari  meliorativ holatini yaxshilash  loyihasi bo´yicha 0,7 milliard so´m va  MChJ shaklidagi "ASIA TRANS GAS" qo´shma korxonasi tomonidan 2,5 milliard  so´m mablag´ o´zlashtirildi.
  Zamonaviy  infratuzilma ob´ektlarini barpo etishga qaratilgan umumiy qiymati 208,39  million dollardan ziyod loyiha hayotga tatbiq etildi. "Maroqand-Qarshi  temir yo´l uchastkasini elektrlashtirish (I bosqich)",  "Samarqand-Qarshi temir yo´l liniyasi uchastkasida tez harakatlanadigan  yo´lovchi poezdlar qatnovini yo´lga qo´yish (I bosqich)" va boshqalar  shular jumlasidandir.
  Investisiyaviy  faollikning o´sishi hamda montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni  takomillashtirish, qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning  moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, joriy yil boshidan buyon  qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni  foydalanishga topshirish bo´yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar qurilish  ishlari hajmini 11,1 foizga oshirish imkonini berdi.
  Hisobot  davrida 1 trillion 551 milliard so´mdan ziyod qurilish va obodonlashtirish  ishlari amalga oshirildi. Ijtimoiy sohaning 194 ta inshootida qurilish ishlari  olib borilib, shundan 162 ta ob´ekt foydalanishga topshirildi.
  O´zbekiston  Respublikasi Prezidentining joriy yil viloyatga qilgan tashrifi chog´ida bergan  ko´rsatmalari asosida Qarshi va Shahrisabz shaharlarining qiyofasi tubdan  o´zgarib, qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Hukumatimiz  tomonidan mazkur bunyodkorlik ishlariga davlat byudjetidan 138 milliard so´mdan  ziyod mablag´ yo´naltirildi. Qashqadaryo daryosining ustidan o´tuvchi  ko´prikda, daryo qirg´oqlarida ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari olib  borilayapti. Ular nihoyasiga etkazilgach, aholi uchun yirik dam olish majmuasi  barpo bo´ladi.
  Iste´mol  tovarlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning turini kengaytirishni  rag´batlantirish maqsadida joriy yil boshidan buyon iste´mol tovarlari ishlab  chiqaruvchi korxonalarga texnologik uskuna xarid qilish va aylanma kapitalni  to´ldirish uchun tijorat banklari tomonidan 1 trillion 205 milliard so´mdan  ortiq yoki o´tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobar ko´p kredit  ajratildi. Natijada joriy yilning to´qqiz oyida iste´mol tovarlari ishlab  chiqarish hajmi 8,9 foiz, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz ko´paydi.
  O´zbekiston  Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan  2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab  chiqarishni mahalliylashtirish dasturining hayotga tatbiq etilishi ishlab  chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmini oshirish va turini kengaytirish  imkonini berdi. Dasturga jami 8 ta korxonaning 9 ta loyihasi kiritilib, ular  ijrosi doirasida jami 103 milliard so´mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Amalga  oshirilgan ishlar natijasida 39 million dollardan ortiq miqdorda erkin  ayirboshlanadigan valyuta iqtisod qilib qolindi.
  Hududiy  tasarrufdagi 4 ta korxona tomonidan bosqichma-bosqich mahsulotlar ishlab  chiqarish (setevoy) grafigiga ko´ra joriy yilning 9 oyida 4,3 milliard so´mlik  tovarlar ishlab chiqarilib, bu borada belgilangan prognoz (4,1 milliard so´m)  ko´rsatkich 105,1 foizga bajarildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 1,6  million dollardan ortiq miqdorda erkin ayirboshlanadigan valyuta iqtisod qilib  qolindi.
  Yangi  turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o´zlashtirishga doir loyihalarni amalga  oshirish jarayonida qo´riqlash xizmati uchun signalizasiyalar, sintetik yuvish  vositalari, sport trenajyorlari, ofset qog´ozlar va boshqa tayyor mahsulotlar  ishlab chiqarish yo´lga qo´yildi.
  O´tgan  davrda 56 ta hududiy korxona tomonidan 25 turdagi quritilgan meva-sabzavot,  tekstil, qurilish materiallari, farmasevtika va boshqa turdagi mahsulotlar  eksporti amalga oshirildi.
  Joriy  yilning o´tgan davrida 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va  yo´l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish  dasturiga kiritilgan loyihalar jadal amalga oshirildi. Hisobot davrida 1180  kilometr uzunlikdagi havo liniyalari va 635 dona transformator punkti yangidan  qurildi, rekonstruksiya qilindi va to´liq ta´mirlandi. Iste´molchilar  xonadoniga 11 ming dona plastik kartochkali elektron hisoblagich o´rnatildi.
  2015 yilning  yanvar-sentyabr oylarida Milliy avtomagistral tarkibiga kiruvchi 12 ta ob´ektda  180 milliard so´m o´zlashtirilib, 16,7 kilometr uzunlikdagi yo´llarga asfalt va  sement-beton qoplamalari  yotqizildi. Kapital va joriy ta´mirlash  belgilangan 173 ta ob´ektdagi 119,8 kilometr uzunlikdagi xo´jaliklararo qishloq  avtomobil yo´llari, shaharlar, qishloq aholi punktlari, tuman markazlari va  shahar posyolkalari yo´llari to´liq ta´mirlanib, foydalanishga topshirildi.
  Ichimlik  suvi ta´minoti, sanitariya-tozalash ob´ektlarini rivojlantirish va  modernizasiyalash bo´yicha  2015 yilda 43 ta inshootda (87 kilometr  uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog´ini tortish va 97 ta hovuz qurish) belgilangan  ishlar to´liq bajarilib, barcha inshootlar foydalanishga topshirildi.
2015-2019  yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o´zgartirish va  diversifikasiyalash dasturining asosiy yo´nalishlarini jadal amalga oshirish  uchun mavjud zaxira va imkoniyatlarni jalb etish asosida joriy yilda barqaror  iqtisodiy o´sishni ta´minlash va kelgusi yillarda makroiqtisodiy barqarorlikni  yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan mustahkam asos yaratish viloyatimiz  iqtisodiy siyosatining eng muhim vazifasidir.

Aholi va mehnat  bozori. Ishga joylashtirish.

Joriy  yilning to´qqiz oyida ish o´rinlari tashkil etish va aholi bandligini  ta´minlash dasturi doirasida 66803 ta yangi ish o´rni (82 foizdan ortig´i  qishloq joylarida) yaratildi. Yaratilgan ish o´rinlarining 55 foiziga (36742  nafar) yoshlar va 28 foiziga (18705 nafar) xotin-qizlar joylashtirildi.
  Ish  o´rinlarining:
  1357 tasi  sanoatni, 2812 tasi xizmat ko´rsatishni, 2733 tasi qishloq xo´jaligini, 532  tasi ishlamayotgan korxonalar faoliyatini, 19693 tasi tijorat banklarining  kichik korxonalar va mikrofirmalarni, 11412 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlikni,  19625 tasi uy mehnatining barcha shakllarini hamda 8639 tasi dehqon va fermer  xo´jaliklarini rivojlantirish hisobiga to´g´ri keldi.
  Alohida  tarmoqlarda ish bilan band aholi sonining ko´payishi natijasida kichik biznes  sohasida O´zbekiston Respublikasi Prezidentining 4609-farmoniga muvofiq shu  yilning to´qqiz oyida oziq-ovqat, engil sanoat qurilish materiallari ishlab  chiqaradigan kichik korxonalarda 225 tadan ziyod qo´shimcha yangi ish o´rni  yaratildi.
  Kasb-hunar  kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini, xususan, kasb-hunar  kolleji o´quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish asosida  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 46,5 ming bitiruvchini ish bilan  ta´minlash imkonini berdi.
  Kasb-hunar  kollejlari bitiruvchilari bandligini ta´minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan  tadbirkorlik faoliyati bilan shug´ullanish istagini bildirgan 733 nafar  yoshlarga  12,5 mlrd so´mlik kredit  mablag´lari ajratilib, 844 ta yangi ish o´rni yaratildi.
  Yuqori  darajadagi iqtisodiy faollik aholi bandligini kengaytirish va farovonligini  yuksaltirish bo´yicha qabul qilingan chora-tadbirlar bilan birgalikda o´rtacha  ish haqini 2014 yilning shu davriga nisbatan 20,1 foiz, pensiyani 2,8 marta  oshirish imkonini berdi.

Tadbirkorlik va kichik  biznes

Ishbilarmonlik  muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama  qo´llab-quvvatlash va rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida amalga  oshirilgan chora-tadbirlar joriy yilning to´qqiz oyida  1309 ta yangi  kichik biznes sub´ektini tashkil etish imkonini berdi (bu o´tgan yilning shu  davriga nisbatan 6,2 foiz ko´pdir).

  Joriy  yilning to´qqiz oyida 7823 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub´ektini  moliyaviy qo´llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan kreditlar hajmi 2014 yilning  9 oyiga nisbatan 1,5 barobarga oshib, 585,2 milliard so´mni tashkil etdi. Natijada  8104 ta yangi ish o´rni yaratildi.
  Soliq va  boshqa to´lovlarning miqdori pasaytirilishi hisobiga 10,4 mlrd so´m mablag´ tadbirkorlar  ixtiyoriga qoldirildi.
  Joriy  yilning to´qqiz oyida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 62,2  foizni (2014 yilning shu davrida 62,1 foiz bo´lgan), sanoatda 15,7 foizni,  chakana savdoda 35,7 foizni (35,5 foiz) va bandlikda 77,1 foizni  tashkil  etdi.

 

Xalqaro aloqalarni  rivojlantirish

2015 yil 9  oylik yakunlariga ko´ra viloyat umumiy tashqi savdo aylanmasi 613,7 mln.  dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan
  137,2 foizga ko´paydi (2014 yil 9 oyida 447,3 mln. doll), shundan:
  viloyat ekportining 35,8 foizini  paxta tolasi,
  31,0 foizini kimyo mahsulotlari, 10,9 foizini xizmatlar,  3,0 foizini energetika, 10,7 foizini  oziq-ovqat mahsulotlari va 2,3 foizini boshqa mahsulotlar tashkil etdi.
  Viloyat hududiy eksport prognozi  2015 yil 9 oyida 71,2 mln. AQSh dollari miqdorida belgilangan bo´lib, amalda  71,7 mln. dollar miqdorida mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi  yoki 100,6 foizga bajarildi.
  Dasturga  kiritilgan 32 ta hududiy korxonalar eksport operasiyalarida ishtirok etishdi.
  Hududiy  korxonalarni eksportga jalb qilish hamda yangi turdagi mahsulotlarning eksport  xajmini kengaytirish bo´yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida  xisobot davrida 8 ta yangi korxona tomonidan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
  Qarshi  shahridagi "EAST FRUIT EXPORT MChJ " tomonidan 1113 ming dollarlik  tekstil mahsulotlari va G´uzor tumanidagi "Jasmina frukt servis"  fermer xo´jaligi tomonidan 54,1 ming dollarlik poliz maxsulotlari Rossiyaga,  Dehqonobod tumanidagi "NATURAL ASSOEFETIDA" qo´shma korxonasi  tomonidan 37,9 ming dollarlik farmasevtika mahsuloti Hindistonga, Qarshi  tumanidagi "Wood d´cor production" qo´shma korxonasi tomonidan 66,4  ming dollarlik milamin qog´ozi Turkiyaga, ´Personal qurilish savdo´ MChJ  tomonidan 9,3 ming dollarlik mikrokalsit Qirg´izistonga, Muborak tumanidagi  ´Muborak global impeks´ MChJ tomonidan 43,4 ming dollarlik oltingugurt  maxsuloti Xitoyga, Nishon tumanidagi ´Semteno server´ MChJ tomonidan 806,6 ming  dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari hamda Chiroqchi tumanidagi ´Resurs  ta´mirlash zaxira´ MChJ tomonidan 50.2 ming dollarlik poliz mahsulotlari  Rossiyaga eksport qilindi.
  Shuningdek,  5 ta yangi turdagi mahsulotlarning eksport xajmini kengaytirish bo´yicha ishlar  amalga oshirildi.
  Davlat  kafolati ostidagi chet el sarmoyalari va kreditlari  hisobidan  yanvar-sentyabr oylarida 369,2 milliard so´m mablag´ o´zlashtirildi. Jumladan,  450 MVt quvvatli ikkita bug´-gaz qurilmasi barpo etish yo´li bilan Talimarjon  IESni kengaytirish loyihasi    doirasida 270,9 milliard so´m,  "O´zbekenergo" davlat aksionerlik kompaniyasi uchun 4,2 milliard  so´m, "Maroqand-Qarshi" temir yo´l uchastkasini elektrlashtirish  ishlariga  66,9 milliard so´m,  "Qarshi-Termiz" temir yo´l uchastkasini elektrlashtirish ishlariga 24  milliard so´m, viloyatning sug´oriladigan erlari meliorativ holatini  yaxshilash  loyihasi bo´yicha 0,7 milliard so´m va MChJ shaklidagi  "ASIA TRANS GAS" qo´shma korxonasi tomonidan 2,5 milliard so´m  mablag´ o´zlashtirildi.
  Zamonaviy  infratuzilma ob´ektlarini barpo etishga qaratilgan umumiy qiymati 208,39  million dollardan ziyod loyiha hayotga tatbiq etildi. "Maroqand-Qarshi  temir yo´l uchastkasini elektrlashtirish (I bosqich)",  "Samarqand-Qarshi temir yo´l liniyasi uchastkasida tez harakatlanadigan  yo´lovchi poezdlar qatnovini yo´lga qo´yish (I bosqich)" va boshqalar  shular jumlasidandir.
  Viloyat tashqi savdosini diversifikasiya  qilish maqsadida viloyatning ishbilarmonlari va tadbirkorlaridan iborat  delegasiyalarning xorijiy kompaniya va firmalar bilan eksport shartnomalarini  to´zishni ko´paytirish uchun chet davlatlarda bo´lib o´tadigan yarmarkalarda  qatnashishi tashkillashtirilmoqda. Jumladan viloyat tadbirkorlarining  manfaatlarini ko´zlab joriy davr mobaynida   Latviya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va  Xitoyning Guanjou va Shanxay shaharlariga  tadbirkorlarning biznes-tashriflari tashkil etildi.
  Tashriflar  davomida tadbirkorlarimiz tomonidan Germaniyada tashkil etilgan ´Frutt  logistic´ (meva-sabzavot logistikasi) yarmarkasida viloyat korxonalari  tomonidan Latviya va Litva davlati kompaniyalari bilan meva-sabzavot va poliz  maxsulotlarini eksport qilish bo´yicha shartnomalar imzolandi.

"Keksalarni  e´zozlash yili" Davlat dasturining bajarilishi to´g´risida

"Keksalarni  e´zozlash yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida joriy yilning o´tgan  davrida 596 nafar keksaning uy-joylarini ta´mirlash uchun  3 milliard 215,2 million so´m homiylik  mablag´lari sarflandi. 82 nafar ishlovchi keksaga kasaba uyushmalari tizimidagi  sanatoriylarga bepul yo´llanmalar berildi, 109 nafar keksa yoshdagi mehnat  faxriysi 45 ta korxona tomonidan kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda  sog´lomlashtirildi va ushbu maqsadlar uchun 84,8 million so´m sarflandi.
  Reabilitasiya  texnika vositalariga muhtoj bo´lgan nogironlardan 169 nafari nogironlar  aravachalari bilan, 63 nafari eshitish moslamalari bilan, 146 nafari hassa va  89 nafari qo´ltiq tayoq bilan ta´minlandi.
  Joriy  yilning o´tgan davrida 1561 nafar 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti  faxriylari va 2379 nafar keksa pensionerlar va nogironlar mehnat va aholini  ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi sanatoriyalarda bepul  sog´lomlashtirildi.
  220 ta  korxona va tashkilot tomonidan 602 nafar pensiya yoshidagi shaxslar pensiyaga  chiqishdan oldin 1793 mln.so´mlik bir yo´la moddiy yordam va qimmatbaho  sovg´alar bilan taqdirlandi.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 267 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset