- Juma, 09 Iyun 2017
Qashqadaryo viloyati — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi. 1943 yil 20 yanv. da qayta tashkil etildi. 1960 yil 25 yanv. da Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi. 1964 yil 7 fev.dan yangidan tashkil etildi. Respublikaning jangʻarbida, Qashqadaryo havzasida, PomirOlay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shim.gʻarbdan Buxoro, jan.sharqdan Surxondaryo, jan.gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². 2017 yilning 1 aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3100,2 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 11358 kishiga yoki 1,3 foizga ko'paydi. . Tarkibida 13 qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Qashqadaryo), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005). Markazi — Qarshi shahri. Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalarTabiati. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155—160 kun), issiq, quruq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°—29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura —20°. Yiliga tekisliklarda 290–300 mm, adirlarda 520–550 mm, togʻlarda 550–650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2—6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290—300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos st-yasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsad
i.