wrapper

Miloddan avvalgi 329 yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468 yil da kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar.

Qashqadaryoda 7—8-asr larda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda "Ixshid Shishpar" degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700 yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahri larini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710 yil da Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9— 10-asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh "Qubbat ulilm val adab" nomiga sazovor boʻddi.

Moʻgʻul bosqinchilari 1220 yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda) Kepakxon (1318—26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahri ga asos solindi. 14—15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.

Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib chiqqan.

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 125 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset