wrapper

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I

O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodmonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda u qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o'n ikki yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o'z tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O'zbekiston Ruspublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so'l tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushurilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.

 

Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GIMNI

O'zbekiston Respublikasi Davlat gimni to'g'risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Davlat madhiyasining so'zi O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mo'tal Burhonov yozgan.

 

 Serquyosh xur o'lkam, elga baxt, najot,

Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!

Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini yuklab olish (Mp3 Hajmi 2.3Mb)

Matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 105 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family