- shanba, 06 Fevral 2016
Davlat soliq qo’mitasinig
2009 yil 4 martdagi 46-sonli buyrug’i bilan
tasdiqlangan
Telekoomunikatsiya tarmoqlari orqali soliq to’lovchilarning so’rovlariga asosan tegishli
davr uchun nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlar reja-jadvalidan ko’chirma berish
REGLAMENTI
UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Reglament O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 181-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Adliya vazirligida 2006 yil 6 mayda 1573-son bilan ro’yxatga olingan «Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, Davlat soliq qo’mitasi tomonidan soliq to’lovchilarning so’rovlariga asosan tegishli davr uchun nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlar reja-jadvalidan ko’chirma berish bo’yicha interfaol davlat xizmati ko’rsatish tartibini belgilaydi.
Xizmatning tarkibi va mazmuni
Soliq to’lovchilarning so’rovlariga asosan tegishli davr uchun nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlar reja-jadvalidan ko’chirma berish bo’yicha interfaol davlat xizmatlari tarkibiga tekshirishlarning tasdiqlangan muvofiqlashtirish reja-jadvalidan ma’lumot taqdim etish kiradi. Ma’lumot soliq to’lovchi yuridik shaxslarga Davlat soliq qo’mitasining www.soliq.uz rasmiy sayti vositasida taqdim etiladi.
Ma’lumotlarni olish huquqi uchun identifikatsiya ma’lumotlarini, ya’ni STIR va parolni kiritish zarur. Parol yuridik shaxsning ro’yxatdan o’tish joyi bo’yicha Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan taqdim etiladi. Identifikatsiya ma’lumotlari to’g’ri kiritilgan holda foydalanuvchiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: yuridik shaxsning to’liq nomi, STIR, joriy yil uchun tekshirishlarning tasdiqlangan muvofiqlashtirish reja-jadvaliga asosan tekshirishda ishtirok etadigan nazorat organlari ro’yxati, tekshirish o’tkazish muddatlari to’g’risida ma’lumot. Agarda yuridik shaxsda tekshirish joriy yil uchun reja-jadvalga kiritilmagan bo’lsa, bu haqda ma’lumot beriladi.
Xizmat ko’rsatish muddati
Tekshirishlar reja-jadvalidan ma’lumot taqdim etish bo’yicha xizmat aniq vaqt rejimida, murojaat qilingandan keyin ko’rsatiladi. Ma’lumotni kutish vaqti soliq to’lovchi foydalanayotgan kompyuter texnikasi va Internet tarmog’ining texnik parametrlariga bog’liq.
Harakatdan (harakatsizlikdan) shikoyat qilish tartibi va muddatlari
Xizmatning talab darajasida emasligi yoki umuman taqdim etilmasligi yuzasidan shikoyatlarni foydalanuvchilar elektron manzil bo’yicha Davlat soliq qo’mitasiga yuborishlari mumkin.
Xizmat ko’rsatish narxi
Nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishlarning muvofiqlashtirilgan reja-jadvallaridan ko’chirma bepul taqdim etiladi.