wrapper

Texnologiyalar

QUVAYTLIK INVESTOR SHERIKCHILIKDA BIZNES QILMOQCHI

Jahonda yuqori nufuzga ega “Al-bader International Development So W.L.L.” kompaniyasi delegatsiyasi viloyatimizga mehmon bo‘lib kelgan.  Qashqadaryoda investitsiyaviy faoliyat yuritishga jiddiy qiziqish bildirgan ushbu jamoaga kompaniya ijrochi direktori Ali Ramadan Mahmud boshchilik qilmoqda.

 

18-fevral, ya’ni tashrifning dastlabki kuni delegatsiya a’zolari viloyat hokimligiga taklif qilindi. Avvaliga bu yerda mehmonlar uchun vohamiz iqtisodiy salohiyati haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali tadqimot o‘tkazildi. Kelgusida ro‘yobga chiqarilishi ko‘zda tutilgan, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalar namoyish etildi.

 

 

Shundan so‘ng xorijiy kompaniya vakillari viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qabulida bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bugun yurtimizda chet el sarmoyadorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilgani alohida ta’kidlandi. Quvaytlik investor esa xalq xo‘jaligining yetakchi sohalarida davlat-xususiy sherikchiligi asosida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

 

Ikkinchi kun mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu bilan nufuzli kompaniya delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi yakunlandi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Al-bader International Development So W.L.L.” kompaniyasi AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyatini Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida olib bormoqda. Kompaniya rahbari asli Quvayt davlati fuqarosi bo‘lgan Badr bin Hamud Al Bader hisoblanadi. Asosan mehmonxona, uy-joy qurilishi, tibbiyot xizmati ko‘rsatish, zamonaviy informatsion texnologiyalar, turizm va boshqa sohalarga sarmoya yo‘naltirib kelmoqda.

 

Qayd etish o‘rinli, mazkur kompaniyaning viloyatimiz iqtisodiyotiga qancha investitsiya olib kirishi mumkinligi hali aniq emas.

 

M.JO‘RAYEV

 

Murodulla KOMILOV olgan suratlar.

Batafsil

Koreyslar Mirishkorda yoritgich ishlab chiqarishni taklif etayapti

Koreya Respublikasining “Luminaire Technology Co., LTD” kompaniyasi 10 nafar rasmiy vakilidan iborat delegatsiya viloyatimizda mehmon bo‘lib turibdi. Koreyaning biznesmenlari  Mirishkor tumanida sarmoyaviy faoliyatni amalga oshirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda tuman hokimining o‘rinbosari Nodir Yusupov ma’lum qildi.

Mutasaddining bildirishicha, asosan ko‘cha yoritgichlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mazkur kompaniya Mirishkorda xuddi shu yo‘nalishda korxona tashkil etishi mumkin. Qat’iy kelishuvga borishdan avval chet ellik investorlar vohamizdagi shart-sharoit, ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishishni ma’qul ko‘rishgan. Mirishkor tumanida kelgusida ishga tushishi ehtimoli bo‘lgan yangi korxona qurish uchun maqbul hisoblangan joylarni ham ko‘zdan kechirishgan.

E’tiborlisi, ushbu tashrif avvalida koreyalik mehmonlar viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qabulida bo‘lishgan. Uchrashuv asnosida xorijlik ishbilarmonlar o‘z mahsulotlari taqdimotini ham o‘tkazishgan. Kompaniya ishlab chiqarayotgan ko‘cha yoritgichlari Qarshi shahrida sinab ko‘rildi.

Qayd etish joizki, tomonlar hali aniq bir qarorga kelmagani bois kiritilajak sarmoya miqdori, yaratilajak ish o‘rni va korxona quvvati ma’lum emas.

M.JO‘RAYEV

M.KOMILOV olgan surat.

Batafsil

SINGAPUR KOMPANIYASI KASBIDA TO‘QIMACHILIK MAHSULOTI ISHLAB CHIQARADI

Joriy yil oxiriga qadar Kasbi tumanida "Indorama-agro" xorijiy korxonasi tomonidan tekstil fabrikasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy qiymati 35 million AQSH dollariga baholangan ushbu istiqbolli loyiha doirasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu tashabbus to‘liq chet el sarmoyasi hisobidan ro‘yobga chiqariladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali - regulation.gov.uzda e’lon qilingan "2019-2020- yillarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining sanoat salohiyatini oshirish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida shu haqda so‘z boradi.

Batafsil

Qarshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida ilk jarrohlik amaliyoti o'tkazildi

“Xalq so'zi Online”. Ahad Muhammadiev/Qashqadaryo. Prezidentimiz 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar bergan edi. O'tgan qisqa vaqtda yonma-yon joylashgan ikki yirik markaz qurib bitkazildi.

Davlatimiz rahbari 13 dekabr kuni bu erga tashrif buyurib, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnika va uskunalarni ko'zdan kechirgan edi.

Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida yurak ishemik kasalligi bo'yicha birinchi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tkazildi.

Klinikaning tajribali shifokorlaridan iborat jarrohlari tomonidan amalga oshirilgan bunday murakkab operasiyani shu paytga qadar faqat poytaxtimizda va xorijiy mamlakatlardagi klinikalarda o'tkazish mumkin edi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yangi klinika jahon andozalari darajasida yaratilgan sharoitlar, eng so'nggi zamonaviy tibbiy jihozlar va malakali kadrlar bilan ta'minlanganligi bois bu erda eng murakkab operasiyalarni ham o'tkazish imkoniyati yaratildi.

“Ochiq yurak operasiyasi G'uzor tumanidan kelgan 15 yoshli bemorda muvaffaqiyatli o'tkazildi. Ma'lum bo'lishicha ko'p yillardan buyon bemorda bunga imkon bo'lmagan. Jarrohlik amaliyotini hamkasblarimiz – tajribali jarrohlar Rustam Yarbekov, Oleg Po'latov, anesteziologlar Sanjar Omonov, Sardor Rahimov birgalikda o'tkazdik. Bu operasiya yurakning qorinchalararo deffekt plastikasi yoki yurak parogi deb yuritiladi. Hozir bemorning eng muhim hayotiy organlari maxsus tibbiy aparaturalarda nazorat qilib turilibdi”, - deydi shifokor Adham Jalilov.

 

 

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 193 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family