Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Iqtisodiyot

Qurilish-pardoz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda

Qarshi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Prizma" xususiy korxonasi asosan devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shu bilan birga, bugungi kunda bu yerda bir necha turdagi metall konstruksiyalar, temir darvoza va panjaralar yasash ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxona tomonidan taklif etilayotgan raqobatbardosh va xaridorgir qurilish mahsulotlari ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

- Bundan 2 yil avval gipsli suvoq, shpaklyovka, maxsus qurilish kleyi, suv emulsiyali bo‘yoq tayyorlashni tashkil etgandik, - deydi korxona rahbari, yosh tadbirkor Shahboz Rahmonov. - O‘tgan qisqa davr mobaynida mahsulotlarimiz o‘z xaridorini topib ulgurdi. Birgina 2016-yilda 50 tonnadan ko‘proq qurilish materialini realizatsiya qildik. Ishlab chiqarish uchun zarur xomashyoni yurtimizdagi korxonalardan sotib olamiz. Natijada mahsulot tannarxini sezilarli darajada arzonlashtirishga erishayapmiz.

Tadbirkorning aytishicha, binoning ham fasadi, ham ichki qismi uchun mo‘ljallangan ushbu qurilish materiallariga talab ayniqsa aholi orasida ko‘paymoqda. Shu bois kelgusida xorijdan zamonaviy uskuna xarid qilish evaziga ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan. Qolaversa, yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlashni o‘zlashtirish ham rejalashtirilmoqda. Xususan, ishbilarmon hozirgi paytda ancha xaridorgir qurilish materiali sanalgan moybo‘yoq ishlab chiqarishni tashkil etishni ko‘zlayapti. Xomashyo masalasida muammo bo‘lmasligi mazkur loyiha istiqbolini ta’minlaydi.

M.JO‘RAYEV

 

Batafsil

Takexiko Nakao: Harakatlar strategiyasi – O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, o'zaro hamkorlik loyihalari haqida quyidagilarni so'zlab berdi:

– O'zbekistonga tashrifim juda samarali bo'lmoqda. Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo'lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. YErdan maqsadli va samarali foydalanish, bog'dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi loyihalar bizda katta qiziqish uyg'otdi.

Batafsil

“Tolimarjon IES” AJning rivojlanish istiqbollari haqida

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida elektr energetikasi tarmog‘ining asosiy maqsadi: iste’molchilarning elektr energiyasiga oshib borayotgan talabini qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali texnologiyalar asosida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish hisoblanadi.

2004 yilda Tolimarjon IESda quvvati 800 MVtga teng bo‘lgan energoblokning ishga tushirilishi energetikadagi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishdagi eng muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. Bunday quvvatga ega energoblok nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona hisoblanadi. Stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasi energotizimning butun Janubi-G’arbiy qismini, shu jumladan Sho‘rtan va Ko‘kdumaloq gazkimyo kompleksi kabi strategik ahamiyatga molik iste’molchilarni kuchlanishi 220 va 500 kVga teng energiya bilan ta’minlash uchun sarflanadi.

 

Tolimarjon IES foydalanishga topshirilgandan buyon 66,72 mlrd kVt· soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Birgina 2016 yilda stansiyada, davriy rejada 6840,0 mln kV·soat belgilanganda 6939,6 mln kV·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va bu faoliyatdagi 101,5 foizni tashkil etdi.

 

Hozirgi vaqtda “O’zbekenergo” AJ tomonidan energetikani rivojlantirishga hamda tannarx xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilgan holda energiya ob’ektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy dasturlar amalga oshirilmoqda, elektrostansiyaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash, mahsulot yetkazib berishda energoresurslar solishtirma sarfini kamaytirish, shuningdek atrof-muhitga ta’sirini pasaytirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 7 martdagi “Tolimarjon IESni har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan 2ta bug‘-gaz qurilmasi qurish bilan kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-1933-sonli qaroriga muvofiq 2013 yilda Tolimarjon IESda bug‘-gaz qurilmalarining ikkita bloki qurilishi boshlandi.

 

Bug‘-gaz qurilmasining qurilishi uchun «Hyundai Engineering and Construction and Daewoo International Corporation» (Koreya) xorijiy kompaniyalar konsorsiumi bilan “tayyor topshirish” sharti asosida shartnoma tuzildi.

 

Loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (Jayka) va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va rivojlanish jamg‘armasining mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

 

Bug‘-gaz qurilmasining birinchi bloki 2016 yil avgustda ishga tushirildi.

2016 yil noyabr oyida quvvati 314 MVtga teng bo‘lgan ikkinchi energoblokning gaz turbinasi ishga tushirildi.

 

Bug‘-gaz qurilmasi 2ta blokining ishga tushirilishi elektr energiyasini ishlab chiqarishga yoqilg‘ining solishtirma harajatlarini kamaytirish hisobiga butun energiya tizimi tejamliligini oshirish imkonini beradi va yiliga qo‘shimcha ravishda 7200,0 mln.kV.s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shuningdek energotizimning Markaziy qismidan Samarqand-Buxoro energiyauzeliga elektr energiyasini o‘tkazishda yo‘qotishlar kamayadi.

2017 yil 7 fevral holatiga bug‘-gaz qurilmasining 1 va 2 bloki tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1520,2 mln. kVt soatni tashkil etmoqda. 1 kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun bug‘-gaz qurilmasi 219-220 grammlar atrofida shartli yonilg‘i sarflaydi, bu esa quvvati 800 MVtga teng bo‘lgan shunday energoblokning ko‘rsatgichidan 95 grammgagina kamdir.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 avgustdagi “Tolimarjon IES da 500 kVli havo liniyasi – So‘g‘diyona PSni Tolimarjon IESda 500 kVli ochiq tarqatish qurilmasi bilan qurilishi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1609-sonli qarori asosida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va sohani o‘z mablag‘larini jalb qilgan holda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Energotizimning Janubi-G’arbiy va Janubiy qismlari elektr bilan ta’minlash ishonchliligini oshirish, respublikaning Janubi-G’arbiy mintaqasidagi yangitdan kiritilayotgan iste’molchilarini energiya bilan ta’minlash va elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Batafsil

Parfyumeriya va yuvish vositalari ishlab chiqarilmoqda

Bugun yurtimizda ish bilan band aholining 78 foizi xususiy sektorda mehnat qilmoqda. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida sohaning ulushi esa yildan-yilga ortib borayapti. Bu yurtimizda qulay ishbilarmonlik muhiti shakllantirilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining davlat tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani, bu borada keng imtiyozlar tizimining joriy etilgani samarasidir.
Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, o'z biznesini yo'lga qo'yayotgan, daromadlarini oshirish bilan bir qatorda, qo'shimcha ish o'rinlari yaratayotgan, elga, yurtga nafi tegayotgan ishbilarmonlar soni oshib bormoqda. Shahrisabzlik Quvondiq Boboev ham ana shunday tadbirkorlardan. U "Muhammadieva Nozima" xususiy korxonasini tashkil etib, to'liq o'z mablag'i hisobidan parfyumeriya va yuvish vositalari ishlab chiqarishni yo'lga quydi. Tadbirkor tashabbusining muvaffaqiyatli ro'yobi natijasida 10 nafar kishi doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 627 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech