wrapper



Qarshi yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyatining umumiy maydoni qariyb 15 gektarni tashkil etadi. Uning asosiy qismini ishlab chiqarish obyektlari va yordamchi bino-inshootlar egallagan bo‘lsa-da, ma’lum yer maydonidan maqsadli foydalanilmay kelinmoqda. Shuni e’tiborga olib, kelgusida ushbu korxonaning bo‘sh turgan hududida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Prezidentimizning joriy yil 16-yanvardagi "Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida keltirib o‘tilgan.

Bu hujjatga muvofiq, mazkur ro‘yxatga "O‘zpaxtayog‘" AJ tarkibiga kiruvchi "Koson yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyati ham kiritilgan. Ushbu korxonaning bo‘sh maydonida ham maxsus sanoat majmuasi tashkil qilish bo‘yicha taklif berish vazifasi mas’ul vazirlik va idoralarga topshirilgan.  Xo‘sh, bundan ko‘zlangan maqsad nima?

- Albatta, asosiy muddao yog‘-moy korxonalari tasarrufidagi foydalanilmay kelinayotgan yer maydonlarini samarali ishlatish, ular negizida ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat, - deydi "Qarshi yog‘ ekstraksiya" AJ boshqaruvi raisi Farruh Alimov. - Shunchaki saqlab turib, soliq to‘lashdan ko‘ra samarali foydalangan har tomonlama ma’qul. Hozirda jamiyatimiz tomonidan ham shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Faoliyat yo‘nalishidan tashqari, qo‘shimcha yo‘nalishlarni ishga tushirish rejada bor. Ammo hali bir to‘xtamga kelmadik. Zamonaviy issiqxona qurish taklifi ilgari surilmoqda. O‘z navbatida chet ellik investorlar, Germaniya, Turkiya va Chexiya mamlakatlari ishbilarmonlari hamkorlikka qiziqish bildirgan. Muhimi shuki, bu tadbirning qo‘llanishi faqat foydaga xizmat qiladi, ish o‘rinlari yaratiladi.

Yana bir jihati, davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, bir qator xo‘jalik birlashmalarining aksiya ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish belgilangan. Kelgusida ushbu xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni belgilangan tartibda sotish choralari ko‘riladi. Bu ro‘yxatga kiritilgan "Koson yog‘ ekstraksiya" va "Qarshi yog‘ ekstraksiya" aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida "O‘zpaxtayog‘" AJ ulushi 51 foizdan ekani keltiriladi.

Bu borada amalga oshiriladigan islohotlar soha korxonalarida ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga, investitsiyalarni faol jalb qilish va tarmoqning jadal rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

M.SHUHRATOV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 110 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family