wrapper



Viloyatimiz sharoitida tabiiy holatda o‘suvchi qizilmiya o‘simligi o‘tgan yili birinchi marta xorijga eksportga chiqarildi. Chet ellik xaridorga qiymati 82 ming AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berilgan. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi sektor mudiri Javohir Eshmurodov ma’lum qildi.

Qayd etish lozim, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasining eksport salohiyatidan unumli foydalanishga, bu yo‘lda ichki imkoniyatlarni samarali ishga solishga, jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlarni sotishni tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda. Vohamizda dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklarning ko‘p uchrashi ham bunda juda qo‘l kelayapti. Asosiysi, ularga xorijda katta talab bor.

Xususan, Dehqonobod kengliklarida tabiiy holda o‘suvchi qizilmiya ildizini xarid qilishga hindistonlik ishbilarmonlar qiziqish bildirgandi. O‘z navbatida viloyatimizdagi "Global-Deks impeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati bu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda. Bultur eksportyor korxona Hind diyoridagi "Docran Healthcare Ltd" firmasi bilan mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha 400 ming dollarga shartnoma imzolagan. Hamkorlik aloqalari joriy yilda ham davom ettiriladi.

Ma’lumot uchun, qizilmiya dukkakdosh o‘simliklar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t bo‘lib, suvsiz joylarda bedadan ko‘ra ko‘proq hosil beradi. Mazkur o‘simlik qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli. Ildizidan farmatsevtika sanoatida dori vositalari tayyorlashda keng foydalaniladi.

M.SHUHRATOV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 95 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family