wrapper



Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasida ko'rish mumkinki, yirik-yirik kompaniyalar o'zlari chiqargan aksiyalarni fond birjasida aholiga va tadbirkorlik sub'ektlariga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) oshkora taklif etadi. Masalan, IPO o'tkazishdan bir qator maqsad ko'zlangan. Avvalo tegishli kompaniya shu orqali o'z faoliyatiga katta miqdorda investisiya jalb qilishi mumkin. Aksiyalarning xaridorgirligi esa kompaniyaning qay darajada iqtisodiy  barqaror va mahsuloti xalq orasida qanchalik mashhur ekaniga bog'liq. IPO o'tkazish natijasida kompaniya o'z aksiyalarining ob'ektiv va real bahosini bilib oladi. Shunda aksiyalarni eng katta narx taklif etayotgan investorga sotish imkoni yuzaga keladi.

Ahamiyatlisi, mamlakatimizda ham ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich qo'llashga o'tish bo'yicha ishlar boshlangan. Xususan, davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 yanvardagi "Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob'ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq, davlat mulki ob'ektlarini sotishda ushbu amaliyotdan keng foydalanish belgilangan. Shu bilan birga, bu hujjatda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan elektron shaklda o'tkaziladigan tanlov va auksionlarni tashkil etish ham ko'rsatib o'tilgan.

Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi viloyat hududiy boshqarmasida bo'lib o'tgan seminarda shu xususda atroflicha so'z yuritildi. "Aksiyadorlik jamiyatlarida axborotlarning oshkor etilishi, qimmatli qog'ozlarni joylashtirish usullari hamda qimmatli qog'ozlar bozoriga doir ayrim normativ hujjatlarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar" mavzusidagi tadbirda qimmatli qog'ozlar bozorining professional mutaxassislari, vohamizdagi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari mas'ullari, OAV vakillari qatnashdi.

Seminarda ishtirokchilarga kelgusida amaliyotga faol joriy etish mo'ljallangan bu usullarning afzalligi, iqtisodiy samarasi haqida ma'lumot berildi. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatiga aniqlik kiritildi.

- IPO - bu aksiyalar va fond bozoridir, - deydi "Freedom Finance" mas'uliyati cheklangan jamiyati viloyat filiali mutaxassisi Elbek Karimov. - Uning holati emitent aksiyalarining miqdori hamda ularga bo'lgan talabning ko'pligiga qarab o'zgaradi. IPO (InitiaI public offering) inglizcha so'zdan olingan bo'lib, qimmatli qog'ozlarni birlamchi oshkora taklif etish, SPO esa ikkilamchi degan ma'noni bildiradi. Sodda qilib aytganda, u aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, ya'ni dastlabki taklif qilinishidir. Bu amaliyot yurtimizda ilk bor qo'llanayapti. Bu borada yangi mexanizm ishlab chiqilmoqda. Jahon aksiya va fond bozorida keng qo'llanayotgan bu usul mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shishi shubhasiz.

Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 103 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family