wrapper

Aholi manfaatlari, qonun va adolat tantanasi yo'lida

Davlat rahbari tomonidan 2017 yilning 13 iyun kuni mamlakatimiz sud xodimlari bilan uchrashuvda ko'rsatib o'tilgan tizimdagi jiddiy kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda sudyalar oldiga qo'yilgan vazifalarni samarali hal qilish uchun har bir sudya o'z ishiga bo'lgan munosabatini tubdan qayta ko'rib chiqib, shaxsiy mas'uliyatini keskin oshirishi zarur. Ayniqsa, inson manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, xalq bilan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaqindan bilish muhim hayotiy masalalardan biridir.

Shu yilning 8-9 noyabr kunlari o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tizimga daxldor masalalar yuzasidan kelib tushayotgan aholi murojaatlarini ko'rib chiqishga qaratilgan sayyor uchrashuvlar ham ayni maqsadlar ro'yobiga qaratilgani bilan e'tiborlidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o'rinbosari X.Yodgorov boshchiligidagi Oliy sud sudyalari hamda viloyat sudlari raislari ishtirokida Qarshi va Shahrisabz shaharlarida, G'uzor, Koson tumanlarida xalq bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Sayyor qabullarda sud qarorlari va ajrimlaridan norozi bo'lgan turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko'mak so'ragan 39 fuqaroning murojaati tinglandi.

Tahlillarga ko'ra, qabulga kelganlarning 15 nafari sud qarorlaridan norozi bo'lib, 6 nafari sud qarorlari ijro etilmayotgani, 1 nafari sudda ish uzoq vaqt ko'rilayotgani, 17 nafari esa uy-joy, er, oila va mehnat nizolari yuzasidan murojaat qilgan. Shu asosda har bir murojaat va uning echimini qonun talablari doirasida ijobiy hal qilish nazoratga olindi. Masalan, Koson tumanida yashovchi B.Bozorov uy-joy nizosi yuzasidan quyi sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlaridan norozi bo'lib, nazorat tartibida shikoyat taqdim qildi. Uning shikoyati Oliy sudda ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.

Bundan tashqari, tuman hokimliklari bilan hamkorlikda 1 ayolga 2 xonali turar joy ajratildi, 2 kishi ishga joylashtirildi. Majburiy ijro byurosining hududiy bo'limlari bilan hamkorlikda 3 fuqaroning aliment undirish bilan bog'liq muammolari ijobiy hal qilindi.

Aholi vakillari bilan uchrashuvlarda huquqbuzarlik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda aliment, meros huquqiga oid munosabatlarni tartibga solishda sudlar mahalla, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashi lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, ikki kun davom etgan tadbir davomida viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida insonparvarlik aktlarini qo'llash bo'yicha sayyor sud majlislari bo'lib o'tdi. Bunda jazoni o'tash mobaynida yaxshi xulq-atvorga ega, mehnatga vijdonan munosabatda bo'lgan, tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda faol ishtirok etgan 61 mahkumga nisbatan tegishli muassasa tomonidan keltirilgan taqdimnomalar ko'rib chiqildi. 8 kishi muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi va 19 mahkumning jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan engilroq jazo turi bilan almashtirildi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 113-moddasiga asosan 34 nafar mahkumning saqlash sharoiti    engillashtirilib, ular manzil-koloniyalarga o'tkazildi. Bundan tashqari, 2 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

Xalqimiz azaldan etim-esir, imkoniyati cheklangan kishilarga mehr-muruvvat ko'rsatish, ularning holidan xabar olib, og'irini engil qilishni ezgu va savobli ish deb biladi. Bu azaliy qadriyat sayyor qabullar davomida ham namoyon bo'ldi. Xususan, ishchi guruh a'zolari Shahrisabz tumani Yangiqishloq mahallasida yashaydigan birinchi guruh nogironi Turdimurod Raupovni sovg'a-salom bilan yo'qlagan bo'lsa, G'uzor tumanidagi Xo'jaguzar mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 1-guruh nogironi Doston Rasulovga nogironlik aravachasi topshirildi. 

Shu bilan birga, Kitob tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan suhbat qurildi, ularning kelgusidagi orzu-niyatlari bilan yaqindan tanishildi. Jajji bolajonlarga turli xil sovg'alar, o'yinchoqlar tuhfa etildi.

Bunday tadbirlar xalq ishonchini qozonish, odamlarni qiynayotgan muammolarni chuqur o'rganib hal etishga xizmat qilishi shubhasiz. Zero, asosiy maqsadimiz ham xalq uchun xizmat qilish, qonun va adolat tantanasini ta'minlashga qaratilgan.

Abduqayum MAHKAMOV,

jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi

qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 287 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family