wrapper

Jahon olimlarining fikrlariga ko'ra, barcha qo'y zotlari orasida qorako'l nasli foydalilik jihatidan alohida ajralib turadi. Boisi, faqat shu zotga mansub qo'ylardangina biryo'la to'rt-besh xil mahsulot - farmasevtika va pishloq sanoatlari uchun shirdon, qimmatbaho mo'yna, mayin jo'n, tez hazm bo'ladigan, 3800-4000 kaloriyali go'sht va boshqa xom ashyolarni olish mumkin.

Muborak tumanidagi “Muborak qorako'lchilik-naslchilik shirkat xo'jaligi” mas'uliyati cheklangan jamiyatining  faoliyati ham qorako'lchilikka ixtisoslashgan. Ayni paytda jamiyatda 50 mingdan ziyod qo'y boqilmoqda. Ular 97 ta suruvga ajratilib, shuncha cho'ponga biriktirilgan. Suruvning holati, mahsuldorligi ular zimmasida.

- Cho'ponlik menga otakasb, - deydi cho'ponlardan biri Chori Norboev.  – Jamiyatimiz naslchilikka ixtisoslashgani bois, har bir qo'yning sog'lom bo'lishi, ulardan to'liq sog'lom qo'zi olish faoliyatimizdagi eng ustuvor jihat sanaladi. Chunki olingan qo'zini o'stirib, boshqa xo'jaliklarga etkazib beramiz. Ixtiyorimda mingga yaqin qo'y bor. O'tgan yili 820 bosh ona sovliqdan boshga-bosh sog'lom, naslli qo'zi oldik. Bu yil mahsuldorlikni yanada oshirishni mo'ljallab turibmiz. Yaylovimiz keng, qishlov uchun ham jamiyatimiz tomonidan etarli ozuqa zaxirasi yaratildi, barcha shart-sharoitlar hozirlanmoqda.

Bilamizki, qorako'l qo'y zoti yurtimizda yaratilgan. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, u sakkizinchi asrda mahalliy qo'ylarni arab qo'ylari bilan chatishtirish natijasida yuzaga kelgan. Bu zot, asosan, Buxoroning Qorako'l hududida boqilgani tufayli ilmiy tilimizga “qorako'l” atamasi bilan kirgan.

O'z o'rnida ta'kidlab o'tish joiz, aslida ushbu qo'y zoti bizda ko'paytirilganiga qaramay, so'nggi yillarda mamlakatimiz qorako'l teri etishtiruvchi davlatlar o'rtasidagi reytingda ancha ortda edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi “Qorako'lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori esa bu borada ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, qorako'l etishtiruvchi va xom ashyoni qayta ishlovchi, eksportga chiqaruvchi sub'ektlarni qo'llab-quvvatlash, ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilikni rivojlantirish, sohaga ilmiy faoliyatni keng joriy etishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Qorako'lchilik bilan shug'ullanayotgan sub'ektlar va qorako'lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari belgilangan tartibda soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo'ldi.

Bir so'z bilan aytganda, Prezidentimizning mazkur qarori sohani tubdan rivojlantirishga, mamlakatimizni qorako'l teri va jun etishtiruvchi etakchi davlatlar qatoriga olib chiqishga  qaratilganligi bilan ahamiyatli. Shunga monand, hozirda “Muborak qorako'lchilik-naslchilik shirkat xo'jaligi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham qo'ylar bosh sonini ko'paytirish,       nasldorlikni oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Jahongir BOYMURODOV

Suratda: jamiyat cho'poni Chori NORBOYEV.

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 334 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family