wrapper

Qayta ishlashda chigitdan ip yigirish uchun zarur muayyan uzunlikdagi paxta tolasidan tashqari qoldiq tola – lint ham ajratib olinadi. Odatda uzunligi 15 millimetrgacha etuvchi bu tolaga chiqindi sifatida qaraladi. Biroq, lint ham aslida sanoatbop xom ashyo bo'lib, uning ham o'z qo'llanish sohasi bor. Masalan, paxta linti negizida momiq, bo'z, noto'qima, suv shimuvchi mato, sun'iy tola kabilarni ishlab chiqarish mumkin. Ahamiyatlisi, bunday material o'ta yumshoq bo'lib, silliq yuzaga ega. Ayni xususiyatlari sabab mazkur chiqindi xom ashyodan tayyorlangan mahsulotlarga xaridor doim topiladi.

 

Paxta etishtirishda etakchi sanalgan viloyatimizda ham sanoatning bu yo'nalishi, ya'ni lintga ishlov berishga qaratilgan faoliyat ma'lum darajada rivojlangan. Shunday qimmatli xom ashyoni chiqindiga tashlash isrof bilan barobar axir. Muhimi, ayni paytda vohamizda ushbu yo'nalishda ish olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlari mavjud. Ular ikkilamchi tolani qayta ishlab, undan raqobatbardosh mahsulot tayyorlash bilan kifoyalanib qolmay, yarim tayyor tovarni xorij mamlakatlariga eksport ham qilishmoqda.

 Qamashi tumanidagi “Murodali farm tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyati bu sohada viloyatimizda ko'zga ko'ringan sub'ektlardan sanaladi. Bundan 7-8 yil avval ish boshlagan mazkur tadbirkorlik sub'ekti o'tgan davrda hajm va sifat borasida ham birdek o'sishga erishdi. Zamonaviy texnologiyalar asosida xom ashyoga ishlov berib, tashqi bozorga bir necha turdagi talabgir mahsulot taklif eta olgani korxonaning hududdagi yirik eksportchiga aylanishiga turtki berdi. Bultur jamiyat tomonidan chet el mamlakatlariga qiymati 1 million 442 ming AQSh dollariga teng tovar jo'natilgani ham fikrimiz tasdig'i bo'la oladi. Joriy yilda esa bu ko'rsatkichni qariyb 2 barobarga oshirish mo'ljal qilingan.

- Shu yil hisobidan xorijlik hamkorlarga mahsulot etkazib berish bo'yicha qiymati 2 million 600 ming AQSh dollariga teng manfaatli shartnoma imzolaganmiz, - deydi korxona rahbari Murodali Farmonov.  – E'tiborlisi shundaki, shu vaqtgacha biz o'z zimmamizga olgan majburiyatning asosiy qismini muvaffaqiyatli bajardik. Oktyabr oyi bilan olib qaraydigan bo'lsak, korxonamiz tomonidan qiymati    2 million 325 ming AQSh dollaridan ziyod tekstil buyumi eksporti amalga oshirildi. Asosiy savdo hamkorlarimiz Rossiya va Qozog'istonda. Eksport hajmida asosiy ulush momuqqa tegishli, qariyb ikki yarim ming tonnani tashkil etadi. Noto'qima mato ham ancha xaridorgir bo'lib, 413 ming dollarlik mahsulotni eksport qilishga erishdik.

Albatta, korxona eksport salohiyati bu qadar yuksalgani ijobiy hol. Ammo bunga o'z-o'zidan erishilgan emas. Tadbirkorning izohlashicha, joriy yil boshida tijorat bankidan 3 milliard so'm miqdorida kredit olingan. Bu pul esa aylanma mablag'ni ko'paytirishga sarflangan. Natijada ko'proq xom ashyo sotib olish, korxona quvvatlaridan to'laqonli foydalanish imkoniyati yuzaga kelgan. Importyorlarning esa har qancha bo'lsin, mahsulot xarid qilishga tayyorligi ishbilarmonga ham ma'qul tushgan.

 

Yana bir jihati, tadbirkor paxta chiqindisidan ishlab chiqariladigan eksportbop mahsulot turini ko'paytirish   payida qiymati 550 million so'm bo'lgan istiqbolli loyiha asosida yangi quvvatni ishga tushirgandi. Buning uchun korxonaga Xitoydan yana bir raqobatdosh mahsulot - bo'z to'qish imkonini beruvchi ilg'or texnologiyalar keltirilgandi. Shu asosda sub'ektda bir oyda 50 ming pogonometr bo'z matosi to'qish imkoni yuzaga keldi. Quvvat ortishi samarasida 15 nafar kishi foydali mehnat bilan band etildi. Yangi mahsulot ham asosan eksportga yo'llanishi maqsad qilingan. Jarayonga esa keyingi yildan jiddiy kirishiladi.

M.JO'RAYEV

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 78 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family