wrapper

Ma'lumki, har xil turdagi plastik quvurlarga ichki va tashqi bozorda talab yuqori. Negaki ulardan ko'plab jabhalarda, jumladan, drenaj, kanalizasiya va isitish tizimlari, gaz va suv ta'minoti, shuningdek, qishloq xo'jaligi va yana ko'plab sohalarda keng foydalanilmoqda. Shunga muvofiq, ushbu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ham ortib bormoqda.

Muborak tumanidagi “Odil  Raimqulov Komilovich” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham 2009 yildayoq plastik quvurlar tayyorlash boshlangan edi. Qariyb 8 yilga yaqin vaqt davomida korxona bu borada ancha tajriba to'pladi, bozordan o'rin topdi. Biroq, bugungi kunning talabi tadbirkordan hech qachon to'xtab qolmaslikni, doimo izlanish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, iste'molchilar talabiga mos mahsulot ishlab chiqarishni talab etishi sir emas.  Buni yaxshi anglagan tadbirkor 2017 yilda faoliyatni mutlaqo yangidan tashkil etdi.

- Avval ham hozirgidek plastik quvurlar ishlab chiqargan bo'lsak-da, eski texnologiyalardan foydalanar edik, - deydi MChJ raisi Komil Raimqulov. – Qolaversa, o'zimizning joyimiz bo'lmagani uchun ijarada turganmiz. Xom ashyoni esa chetdan xarid qilardik. Tabiiyki, bu jihatlar mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxini arzonlashtirish, raqobatbardoshligini ta'minlash, shu bilan bir qatorda, ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkonini bermayotgandi. Shu bois o'tgan yili o'zimizning yangi loyihamiz bilan tuman hokimligiga murojaat etdik. Hokimlik tashabbusimizni qo'llab-quvvatlab,  avvalo ishlab chiqarishimizni tashkil etish uchun hududdagi bo'sh turgan binoni nol xarid qiymatida berdi. Shuningdek, tijorat bankidan 105 ming AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit olib, Xitoydan tayyor xom ashyo bilan bir qatorda, turli xil plastik mahsulotlar chiqindisidan sifatli quvur ishlab chiqarish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyani olib kelib o'rnatdik.

Loyiha samarasini berdi. Ayni paytda korxonada soatiga 150 kilogramm plastik quvur tayyorlash imkonini beradigan mazkur tejamkor texnologiya yordamida 8 xil o'lchamdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Barcha jarayon avtomatlashtirilgan tizimda amalga oshiriladi. Qolaversa, ishlab chiqarish uchun asosan ikkilamchi xom ashyodan foydalanilayotgani mahsulot tannarxini yanada arzonlashtirish imkonini bermoqda.

Korxonada chiqindiga chiqarilgan plastik buyumlar ikkilamchi qayta ishlash uchun qabul qilinadi. Ular sexda avval yuvilib, so'ng granulaga aylantiriladi. Keyin esa tayyor xom ashyo asosiy ishlab chiqarish uskunasiga yo'naltiriladi. Operator buyurtmaga qarab, mavjud kompyuterga qaysi o'lchamdagi quvur kerakligi haqidagi ma'lumotni kiritsa bas, qolganini texnikaning o'zi bajaradi.

- Albatta, yangi loyihani amalga oshirganimizdan so'ng, imkoniyatlarimiz keskin oshdi, - deydi tadbirkor. – Mahsulotimizga talab yuqori. Endi esa faoliyatni yanada kengaytirish harakatidamiz. Shu maqsadda xitoylik ishbilarmonlar bilan yana bitta yangi texnologiya sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdik.

Darhaqiqat, tadbirkor avvalo o'z manfaatini ko'zlab harakat qiladi. Faoliyatni kengaytirsam, bozorda o'z o'rnimga ega bo'lsam, iqtisodiy imkoniyatlarimni oshirsam, deydi. Shu yo'lda ishlaydi, izlanadi, intiladi, yangi tashabbuslarni amalga oshiradi. Buning ortidan hudud farovonlashadi, iste'molchi uchun tanlash imkoniyati kengayadi. Yana bir muhim jihati esa, yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi. Xususan, tadbirkor Komil Raimqulov yo'lga qo'ygan faoliyat asosida ham ayni paytda 10 nafar fuqaro doimiy ish o'rniga ega bo'lgan. Loyihaning ikkinchi qismi ham amalga oshirilgach, ular soni yana oshadi.

Jahongir BOYMURODOV

Suratlarda: korxonadagi ishlab chiqarish jarayonidan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 65 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family