wrapper

Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklagan va davlat ro'yxatidan o'tib ishini davom ettirayotgan 390 tadbirkorning 4 milliard 500 million so'mga yaqin soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq, joriy yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo'qotgan jismoniy shaxslar va shu sanadan moliyaviy-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, davlat ro'yxatidan o'tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullangani uchun bir yillik qat'iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarning soliqlari, penyalari, moliyaviy jarimalari va sud xarajatlari bo'yicha hisoblangan qarzlaridan voz kechilmoqda.

– 2015 yilda tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan edim, – deydi Asqar Usmonov. – Dastlab, tajribasizligim tufayli ishlarim uncha rivojlanmadi. Natijada ishdan biroz ko'nglim sovidi. Tadbirkorlik bilan shug'ullanishdan o'zimni chetga oldim. Lekin faoliyatimni rasman to'xtatmaganim uchun soliqlardan 1 million 300 ming so'm qarzdorlik paydo bo'ldi. Yangi ish boshlasam, qarzlarni qanday to'layman, degan o'yda yurardim. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon men uchun ayni muddao bo'ldi. Barcha qarzlarimdan kechildi. Endi bemalol ish boshlayman.

Qayd etish joizki, bugungi kunda viloyatda ushbu farmonga asosan, qat'iy belgilangan soliq va moliyaviy jarimalar bo'yicha qarzdorligini hisobdan chiqarishga nomzod yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 5 ming 591 nafarni tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi vakillarining ta'kidlashicha, qarzdan voz kechilishi uchun mazkur shaxslar 2019 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik faoliyatini tiklashi yoki davlat ro'yxatidan o'tgan holda faoliyatini davom ettirishi lozim bo'ladi.

O'.Barotov, O'zA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 101 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family