Tog' yon bag'rida tug'ilgan Feruz Murodinovning bolalikdan hayvonotu nabotot olamiga mehri bo'lakcha edi. U ilm-fan va texnikaga bo'lgan qiziqishi bilan tengqurlaridan ajralib turardi.
2013 yilda u “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichida g'olib bo'ldi.
Besh yillik tinimsiz izlanishlari natijasida yosh ixtirochi akkumulyatorli yoqilg'i tizimini yaratib, ishlanmaga patent oldi.
"Mazkur tizim bir vaqtning o'zida sanoat korxonalari hamda avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlarni kislorodga aylantirib beradi va yoqilg'i sarfini tejaydi, – ta'kidlaydi Feruz Murodinov. – Aytaylik, avtomobil 10 litr yoqilg'i bilan bosib o'tadigan masofaga atigi 2-3 litr kifoya qilishi mumkin.
Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, innovasiyaning hayotga tatbiq etilishi atmosferaga ajralayotgan zaharli gazlarni naq 75 foizga kamaytirish imkonini beradi.
"Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar biz yaratgan qurilma bilan ta'minlansa, jahon bozorida betakror brendga aylanishiga ishonaman", deydi ixtirochi.
Turon24.uz ma'lumotlari asosida
Qashqadaryolik yosh ixtirochi zaharli gazlarni kislorodga aylantiruvchi qurilma yaratdi
- shanba, Sen 22 2018
- Texnologiyalar
- Super User
Latest from Super User
- Ommabop
- So'nggilari
- Izohlari
-
Olimpiya terma jamoasiga “Nasaf”dan 10 nafar futbolchi chaqirildi
Ma’lumki, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020-yili Yaponiyada… -
Qamashida qurilajak zavod 20 million dollarga tushadi
Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri - "Matanat… -
Maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Muborak tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maxsus taktik o‘quv… -
Xalq qabulxonalariga “Cobalt” avtomobillari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatimiz shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 15…