wrapper

    Qamashi tumanidagi “Comfortable Business Service” qo‘shma korxonasi yaqinda tashkil etilgan bo‘lib, u yirik investitsiya loyihasi tashabbuskori hisoblanadi. Korxona ham ta’sischisi sanalgan Janubiy Koreyaning “Myung Sung Placon Ltd” kompaniyasi hudud qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga katta hajmda sarmoya kiritishni maqsad qilgan. Qiymati 5 million AQSH dollariga baholangan ushbu loyiha doirasida sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun sohaga zamonaviy xorij texnologiyasi jalb etilmoqda. 20 gektar lalmi yerda issiqxona barpo etilib, unda o‘simliklar gidroponika usulida parvarishlanadi. Yiliga ikki marta mahsulot yetishtirishni tashkil etib, mavsumda jami 2 ming tonna hosil olish ko‘zlanayotir. 20 nafar kishini band qilish imkonini beruvchi mazkur loyiha 2019-yil oxirida to‘liq ishga tushirilishi belgilangan. Ayni paytda chet eldan zarur asbob-uskunalarni keltirish, yerni tayyorlash ishlari davom etmoqda. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lumot berildi.

Tadbir shu yil 21-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tgan, tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bojxona organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ga yaqin investor ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, yurtimizning investitsiyaviy jozibadorligini tobora oshirish, mamlakatimizda chet el sarmoyadorlarining muvaffaqiyatli biznes yuritishiga keng sharoit yaratish, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xorijlik ishbilarmonlar uchun qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi yaratib berilgan. Albatta, bu holat sohada sifat o‘zgarishlari yasalishiga ham xizmat qilmoqda.

- Hozirgi kunda viloyatimizda 20 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda, - deydi viloyat bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Otabek Mahmadaliyev. – Ularni hayotga tatbiq etish jarayonida Niderlandiya, Turkiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar sarmoyadorlari ham faol qatnashmoqda. Binobarin, chet el kapitalisiz iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish qiyin. Chunki shu orqali mamlakatimizga eng so‘nggi texnologiyalar olib kirilishi ta’minlanadi. Natijada import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lami oshadi. Shunday ekan, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘proq yengillik va qulaylik taqdim etish talab qilinadi. Bugungi tadbirda ham asosiy e’tiborni shu masalaga qaratdik. Loyihalarni amalga oshirishda bojxona ishi, shuningdek, boshqa jihatlar bilan bog‘liq  masalalarni hal etish, mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va yechish, tadbirkorlarni tegishli imtiyoz va imkoniyatlardan xabardor qilish kun tartibidan asosiy o‘rin egalladi.

Davra suhbatida investitsiya loyihalari ijrosi qanday ketayotgani ham ko‘zdan kechirildi. Bildirilishicha, Qarshi tumanidagi “Lt Textile” xorijiy korxonasi tomonidan ilgari surilgan yirik istiqbolli loyihaning ikkinchi bosqichini ishga tushirish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda. Bu jarayonda kelgusida tarmoqqa 100 million AQSH dollari miqdorida xorijiy sarmoya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan. Buning samarasida korxonada ip-kalavadan mato to‘qish quvvati tashkil etiladi. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning “Hyundai Engineering Co., Ltd” kompaniyasi bosh pudratchi sifatida G‘uzor tumanida GTL zavodini qurish ishlarini bajarmoqda. Bu mamlakatimiz neft-gaz sanoati ravnaqi uchun eng muhim loyihalardan biri sifatida baholanadi. Qolaversa, tadbirda Qarshi shahridagi “Qarshi leather” qo‘shma korxonasi tashabbuskorligidagi teriga ishlov berishni ko‘zda tutuvchi loyihaning keyingi bosqichi holatiga ham baho berildi.

Davra suhbati ishtirokchilari mamlakatimiz bojxona qonunchiligida joriy etilgan yangi tartib-taomillar, yengilliklar bilan ham yaqindan tanishtirildi. Investorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 293 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family