wrapper

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-iyun kuni hududlarda byudjetga qo‘shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash hamda inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Ahamiyatlisi, ushbu yig‘ilishda viloyatimiz bo‘yicha joriy yilda byudjetga qo‘shimcha 696 milliard so‘m tushirish belgilandi.

 

Buning uchun mavjud ichki resurslarni ishga solish, soliq tushumlarining o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, qonuniy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ko‘zlangan. Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlardan mavjud qarzlarini undirish ushbu yo‘nalishdagi ishlardan yana biridir.

Shu maqsadda joylarda zarur choralar amalga oshirilmoqda. Qarshi shahrida o‘tkazilgan o‘rganish davomida shu narsa aniqlandiki, hududdagi “Eski anhor kanali qurilishi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining soliqlardan qarzdorligi 64 million so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda. Viloyat davlat soliq boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda olib borilgan tadbir davomida jamiyatga tegishli avtomashinalar xatlab olindi. Jamiyat rahbari tomonidan shu kunning o‘zida soliq qarzi to‘liq to‘lab berildi.

Xatlov tadbirlari davomida Qarshi shahridagi 25-29-sonli Davlat unitar avtojamlanmasining soliqlardan mavjud 466 million so‘mlik qarzini undirish maqsadida ushbu korxonaga borildi. 2-3 yildan beri kechiktirib kelinayotgan qarz ado etilmagach, avtojamlanmaga tegishli 3 ta avtobus xatlab olindi.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq hisobida turmasdan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.Shu maqsadda noqonuniy biznes yuritayotgan fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada birgina joriy yilning o‘tgandavri mobaynida jami 1213 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida o‘z ixtiyori bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishiga erishildi. 694 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati esa qayta tiklandi. Shuningdek, 369 nafar fuqaro yollanma ishchi sifatida ro‘yxatga olingan. Ko‘rinadiki, mazkur ta’sirchan chora-tadbirlar samarasida soliq to‘lovchilar soni ko‘payishi ta’minlandi.

- Yaqinda ro‘yxatdan o‘tib, faoliyatimni qonuniy yo‘lga qo‘ydim. Endi xotirjam ishlab daromadimni orttirib boraman, - deydi Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on Naxshab sohil bo‘yi” buyum bozorida savdo qilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Nigora Ergasheva. - Kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni ham rejalashtirganman.

- Yurtimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlardan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini boshlagan edim. Shukurki, ishim rivojlanib,faoliyatim kengayib bormoqda. Bu ish bir o‘zimga og‘irlik qilib qoldi. Shu sabab bir nafar ishchini yollanma ishchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdim, - deydi “Qarshi buyum savdo” kompleksida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor Jahongir Xudoyberdiyev.

Byudjetga qo‘shimcha mablag‘ tushirish bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda ham ishlar faol amalga oshirilmoqda.

Firdavsiy JABBOROV,

viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 172 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family