wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Agar tadbirkor o'z mahsulotini sifatli qilib ishlab chiqarsa, avvalo, boshqalar bilan raqobatda yutib chiqadi, taklif etayotgan tovari esa ichki bozordan   mustahkam joy egallaydi. Albatta, talab darajasidagi mahsulot xorijlik xaridor e'tiboridan ham chetda qolmaydi. Bu esa tashqi bozorga keng yo'l ochadi. Bugun yurtimiz ishbilarmonlari ana shu bosqichlardan o'tib, yakunda eksport faoliyati bilan ham muvaffaqiyatli shug'ullanmoqda.

Ahamiyatlisi, viloyatimizda ham bunday tadbirkorlik sub'ektlari soni borgan sari oshayapti. Kichik biznes vakillari o'zi tayyorlagan mahsulotni xorijga sotish asnosida hudud eksport salohiyati yuksalishiga ham ko'maklashmoqda. Qarshi shahridagi “Tozalik malikasi” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan erishilayotgan natijalarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Ushbu korxona eksportchi maqomini olganiga uncha ko'p bo'lmadi. Chet el bilan aloqalar tobora mustahkamlanmoqda. Yangidan-yangi xaridorlar hamkorlik taklif etayotir. Natijada korxona to'liq eksport uchun ishlamoqda.
- Avvaliga mahsulotimizni tashqi bozorga chiqaramiz, deb hech o'ylamaganmiz, - deydi korxona rahbari Matluba O'taganova. – Maqsadimiz ichki iste'mol bozoridagi talabni qondirish edi. Chet elliklar o'zlari topib kelishdi. Mahsulotimiz tojikistonlik hamkorlarga ma'qul bo'ldi. Ikki yildirki, ularga mahsulot sotayapmiz. Boshida faqat kir yuvish vositalarini eksportga yo'naltirdik. Keyinchalik buning yoniga oziq-ovqat mahsuloti ham qo'shildi. O'tgan yil hisobidan amalga oshirgan eksportimiz hajmi 238 ming AQSh dollarini tashkil etdi. Bu yil esa ko'rsatkichni ikki barobardan ziyod oshirish imkoniga egamiz. Chunki yaqinda afg'on ishbilarmonlari bilan ham mahsulot etkazib berish bo'yicha shartnoma imzoladik. Mavjud kelishuvlarga ko'ra, yil oxiriga qadar yangi hamkorlarga qariyb 600 ming dollarlik mahsulot jo'natamiz.
Aytish joizki, ayni paytda korxonada 20 xilga yaqin kir yuvish vositalari ishlab chiqarilmoqda. Bultur zamonaviy liniyalar olib kelinishi natijasida yangi mahsulotlarni tayyorlash o'zlashtirildi. Atirsovun va shampun shular sirasiga kiradi. Shu maqsadda mavjud sexlar Germaniya texnologiyalari bilan jihozlandi. Korxona tomonidan realizasiya qilinayotgan kir sovuni va kukuni, gel kabi yuvish vositalari bemalol import o'rnini bosadi. Ularni ishlab chiqarish uchun ketadigan xomashyoning 90 foizi yurtimizda bor. Tadbirkor mahalliylashtirish dasturidan joy olgan istiqbolli loyihani ro'yobga chiqarish evaziga bunga erishdi.
- Bundan tashqari, korxonamiz qoshida qovurilgan pista, ya'ni “semechka” ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'yganmiz, - deydi ishbilarmon. – Uskunalar xorijdan keltirilgan. Kuniga 5 tonnagacha mahsulot qayta ishlanadi. U maxsus paketlarga qadoqlanadi. Pistani ham xorijliklar xarid qilayapti.  Kelgusida yana bir yangi rejani amalga oshirishni o'ylab qo'ydik. Pista qo'shilgan holva tayyorlash quvvatini ishga tushirishni mo'ljallayapmiz. Buning uchun asosiy ishlarni bajarib bo'ldik. Nishona mahsulot tez orada sotuvga chiqadi.
/
Korxona samarali faoliyat ko'rsatishidan ishchilar ham mamnun. Bu erda 20 nafarga yaqin kishi ishlab, daromad topayapti. Istiqbolda ish o'rinlari soni yanada ko'payishini taxmin qilish mumkin. Negaki, talab yuqori bo'lgan bir sharoitda ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirmaslikning imkoni yo'q. Eksport geografiyasi yanada kengayishi kutilmoqda. Turkmanistonlik xaridorlar ham korxona mahsulotlariga jiddiy qiziqish bildirgan. Amaliy hamkorlik ham taklif etilgan. O'sayotgan ehtiyojni qoplash, eksport uzluksizligini ta'minlash uchun esa tadbirkor yangi quvvatlar ustida ishlashni ko'zlamoqda.


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 205 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family