wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ma'lumki, mamlakatimizda joylardagi bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlaridan maqsadli foydalanish, ularni muayyan majburiyatlar asosida “nol” xarid qiymatida tashabbuskor tadbirkorlarga berish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ahamiyatlisi, bu amaliyot o'zining yuqori samaralarini bermoqda, foydalanilmay kelinayotgan bino va inshootlar negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xizmat ko'rsatish shoxobchalari faoliyati yo'lga qo'yilishiga sharoit hozirlanayapti.

Qayd etish joiz, davlatimiz rahbarining 2017 yil 18 yanvardagi “Tadbirkorlik faoliyati va xususiy mulkni yanada rivojlantirish, davlat mulki ob'ektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga muvofiq, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun davlat mulki ob'ektlarini sotishni soddalashtirish va tezlatishga qaratilgan engillik amalga kiritildi. E'tiborlisi, viloyatimizda ham farmon ijrosini ta'minlash borasida salmoqli ishlar qilinmoqda, bo'sh turgan, davlat egaligida bo'lgan bino va inshootlar aniqlanib, ularni tadbirkorlarga berish bo'yicha choralar ko'rilayapti.
Shu ma'noda biroz avval tegishli hududiy tanlov komissiyasi tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan, foydalanilmay yotgan ob'ektlarni maqsadli ishlatish bo'yicha takliflar o'rganildi. Komissiya yig'ilishi bayoniga asosan, ushbu mulklarda belgilangan muddatda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, zarur miqdorda ish o'rinlari yaratish bo'yicha investorlarga majburiyat yuklandi.
Xususan, Muborak tumani Qarliq qishlog'i hududidagi mexanizatorlar uyi va markaziy ustaxona binolarini shu hududdagi “Elyor Eldor omad” fermer xo'jaligi qabul qilib oldi. Tashabbuskor 2 yil muddat davomida 160 million so'm sarmoya yo'naltirib, mulk negizida chorvachilik tarmog'ini yo'lga qo'yadi. Buning samarasida 5 ta yangi ish o'rni tashkil etilishi lozim.
Dehqonobod tumanidagi Beshbuloq qishlog'ida joylashgan, tugatilgan “Marvarid” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ma'muriy va yordamchi binosidan foydalanish bo'yicha mazkur hududda faoliyat ko'rsatayotgan “G'allakor” fermer xo'jaligi bilan shartnoma imzolandi. Investorga ushbu mulk 2 yilga “nol” xarid qiymatida berilmoqda. Sharti esa 350 million so'm investisiya kiritish va 10 kishining bandligini ta'minlashdan iborat. Tegishli loyiha doirasida ishbilarmon chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirishni taklif etgan.
Shahrisabz tumani Saksonkapa qishlog'idagi “Saksonkapa” feldsherlik-akusherlik punkti (FAP)ning binosi ham ancha vaqtdan beri bo'sh turgan edi. Bu mulk ham tanlovga qo'yilib, g'olib investorga taqdim etildi. Tashabbuskor, shu tumandagi “Fast denta” mas'uliyati cheklangan jamiyati mazkur bino negizida tibbiy xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yishni maqsad qilgan. Buning uchun 80 million so'm mablag' sarf etiladi va 1 yildan so'ng 3 kishi doimiy ish bilan ta'minlanishi shart.
Nishon tumani Oydin qishlog'i hududidagi davlatga qarashli mulkiy majmua ham samarali faoliyat uchun asos bo'ladi. Uni qabul qilib olayotgan “Qarshi sopol quvurlari zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyati 3 yil muddatda 4 milliard so'mdan oshiq investisiya jalb qilishni va 25 yangi ish o'rni yaratishni o'z zimmasiga oldi. Tadbirkor ilgari surgan istiqbolli loyiha asosida tegishli mulk negizida chorvachilik majmuasi barpo etiladi, keyinchalik bu erda etishtirilgan go'sht va sut mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlashni tashkil etish mo'ljallanmoqda.
Albatta, tadbirkorlar berilgan ob'ektlarni to'liq xususiy mulk qilib olishi uchun shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishi va tegishli komissiyaning ijobiy xulosasini olishi lozim bo'ladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 87 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family