wrapper

Maxsus imkoniyatlar

    Prezidentimizning 2018-yil 22-yanvardagi tegishli farmoni bilan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilda qator sohalar bo‘yicha muayyan loyiha va tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Quyida ularning 18 tasi bilan tanishasiz.


ARZON UY-JOYLAR QURILISHI IKKI BAROBAR OSHIRILADI

Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyoji muttasil oshib borayotganligidan kelib chiqib, joriy yilda arzon va sifatli turar joylar qurish ko‘lami 1,5-2 baravar ko‘paytiriladi.

Jumladan, Davlat dasturida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar uchun 658 ta uy va ko‘p qavatli uylarda joylashgan 1491 ta xonadon, harbiy xizmatchilar uchun 100 ta ko‘p qavatli uy, profilaktika inspektorlari uchun 1171 ta uy va hudud rahbarlari uchun 974 ta uy qurish nazarda tutilgan.

YOSHLAR MAVJUD KASBLARGA O‘QITILADI

2018-yilda jami 25 mingdan ortiq yoshlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlari va kasbga tayyorlash markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish ko‘zda tutilmoqda.

Bu ishlarni amalga oshirishga 19,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.

ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI YAXSHILANADI

Davlat dasturida xalqaro moliya institutlari ishtirokida Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda viloyatimizda ichimlik va oqova suv tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha 8 ta yirik loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bu ishlar doirasida 137 kilometr magistral suv tarmog‘i, 338 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i, 53 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i, 9 ta suv tarqatish inshooti, 29 suv qudug‘i va 4 ta nasos stansiyasi quriladi.

NOGIRONLIGI BO‘LGAN XOTIN-QIZLAR UYLI BO‘LADI

Dasturda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun 2 mingta yangi ish o‘rnini yaratish, 3 ming xotin-qizni uy-joy bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH OBYEKTLARI BARPO QILINADI

Dasturda sportni rivojlantirish, shu orqali aholi salomatligini, yurtimizning jahon sporti maydonidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Xususan, yangi sport inshootlari qurish borasida ham ishlar qilinadi.

Jumladan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganch shahrida “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand va Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etiladi.

YANGI UNIVERSITET OCHILADI

Mamlakatimizda jurnalistika sohasida mutaxassislar tayyorlab berishga ixtisoslashgan alohida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etiladi.

Bu borada O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlanishi hamda universitetning vazifa va funksiyalari aniq belgilanishi nazarda tutilgan.

ODIL SUDLOV AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

Sud tizimi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish sifati va samaradorligi ta’minlanadi.

Ayni masalada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash belgilangan. Loyihada sud tizimi xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston Odil sudlov akademiyasini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, markaziy sud organlari va muassasalarini o‘zida birlashtiradigan “Adolat saroyi” majmuasi quriladi.

VAQTIDA PASPORT OLMAGAN YOSHLARGA JARIMA SOLINMAYDI

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibi soddalashtiriladi.

Jumladan, endilikda voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi.

“PROPISKA” MUAMMOSI BO‘LMAYDI

Dasturda pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish belgilangan.

FERMERLAR SAYYOHLARNI CHORLAYDI

Davlat dasturidagi muhim jihatlardan yana biri namunali fermer xo‘jaliklarini sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirishdir.

Bu borada ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar rejasida namunali fermer xo‘jaliklari negizida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoni bilan tanishtiruvchi tashrif markazlari, qiziqarli mahorat darslarini tashkil etish, turistlarni hosil   yig‘ishga jalb qilish, yetishtiriladigan mahsulotlarni turizm mahsulotlari doirasida keng targ‘ib qilish va sayyohlarni keng chorlash  masalalari nazarda tutiladi.

IKKI MINGTA IJTIMOIY DORIXONA

Joriy yilda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab aholini arzon narxdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash imkonini beruvchi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2 mingta ijtimoiy dorixonasi tashkil etiladi.

Bu dorixonalar ijtimoiy ahamiyatga ega hamda narxlar asossiz o‘sib ketishining oldini olish imkonini beruvchi maxsus himoya belgilari qo‘yilgan dori vositalari bilan ta’minlanadi.

QABUL KVOTALARI OSHADI

Fuqarolarga psixiatriya yordami ko‘rsatish, shu jumladan, ruhiy-asab kasalliklarni profilaktika qilish tizimini tubdan takomillashtirish borasida ham qator chora-tadbirlar rejasi belgilangan.

Jumladan, Dasturda 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab psixiatriya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotasini oshirish, har yili 5 nafardan kam bo‘lmagan psixiatriya shifokorlarini ilg‘or chet el tibbiyot klinikalari, ilmiy va o‘quv ta’lim muassasalariga malaka oshirish uchun yuborish nazarda tutilgan.

MARKAZIY OSIYO YOSHLARI FORUMI O‘TKAZILADI

O‘zbekiston yoshlarining xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi.

Forum Samarqand shahrida tashkil etilishi belgilangan.

“AFROSIYOB” ENDI KITOBGA QADAR BORADI

Davlat dasturiga Qarshi-Kitob temir yo‘li yo‘nalishini elektrlashtirish va unda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi qatnovini tashkil qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish ham  kiritilgan.

Mazkur loyiha ishga tushgach, ushbu yo‘nalishda poyezdlar 160 kilometr soat tezlikda harakatlanib, yo‘lovchilarga 50 daqiqada Qarshidan Kitobga yetib olish imkonini beradi.

POLIKLINIKALARDA SHAROITLAR YARATILADI

Joriy yilda 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 5 million AQSH dollari miqdorida pul ajratiladi.

INVESTITSIYA PORTALI - AYNI MUDDAO

Internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni zarur statistik axborotlar, biznes yuritish shart-sharoitlari bilan ta’minlaydigan “Investitsiya portali” ishga tushiriladi.

Dasturda mutasaddi tashkilotlar oldiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya portalini yaratish hamda uni 2018-yilning 1-iyulidan boshlab ishga tushirish va doimiy ishlashini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

VIDEOKAMERALAR –XIZMATDAGI SHAFFOFLIK UCHUN

Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatining ochiq va shaffof mexanizmlari joriy etiladi.

Buning uchun ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari barcha xodimlarini xizmatni o‘tash, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

DAVLAT ORGANLARI VEB-SAYTLARI ENDI ISHLAYDI

Davlat dasturida Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish borasida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Loyihada davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oshirilayotgan budjet xarajatlari haqida to‘liq ma’lumotlarni joylashtirish majburiyligi nazarda tutiladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 124 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family