wrapper

    Mamlakatimizda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan davlatga tegishli bino va inshootlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ushbu obyektlar tadbirkorlarga muayyan shartlar asosida berilib, ular negizida muhim ishlab chiqarish quvvatlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga sharoit hozirlanayapti.

Birgina misol. G‘uzor tumani Pachkamar mahallasi hududida joylashgan, ancha vaqt ishlatilmasdan kelgan davlat mulki obyektini o‘tgan yili tashabbuskor - "G‘uzor nur" xususiy firmasi "nol" xarid qiymatida qabul qilib olgandi.  Tadbirkorlik subyekti o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga kirishdi. Natijada zamonaviy tikuvchilik sexi ishga tushirildi.

- Tegishli loyihaga ko‘ra binodan maqsadli foydalanish uchun 912 million so‘m investitsiya kiritishimiz, bu yerda 50 ish o‘rni yaratishimiz lozim edi, - deydi tadbirkor Bunyod Nuriddinov. - Ahamiyatlisi, ushbu maqsadlar uchun hozirgacha sarflangan mablag‘imiz 1 milliard so‘mga yaqinlashdi. Buncha pulni binoni ta’mirlashga, ishlab chiqarishga moslashtirishga, zarur uskunalar xarid qilishga yo‘naltirdik. Xorijdan 30 dona zamonaviy tikuv mashinasi olib kelib, bir nechta turdagi erkaklar kiyimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Amalda 54 nafar xotin-qiz muqim ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Tadbirkor qo‘l urgan yangiliklardan yana biri mazkur obyekt hududida suvni tozalash texnologiyasining qo‘llay boshlanganidir. 127 million so‘m mablag‘ evaziga xorijdan keltirilgan zamonaviy uskuna sutkasiga 40 tonna suvni tozalash imkonini beradi. Ushbu texnologiya yordamida suv uch bosqichli tozalash jarayonlaridan o‘tadi, tarkibidagi loy va qumlar ushlab qolinadi, tuz va barcha keraksiz zarralar to‘liq filtrlanadi. Natijada har qanday bakteriya yoki mikroorganizmlar  yo‘q bo‘ladi.

Bunyod Nuriddinovning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda tozalangan suv mashinalar yordamida aholiga yetkazib berilayapti. Kelgusida esa suvni maxsus idishlarda qadoqlash liniyasini ishga tushirish maqsad qilingan. Qolaversa, tadbirkor shu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Hali uning rejasi ko‘p. Shulardan biri - gipsakarton (qurilish ashyosi) ishlab chiqarishni tashkil etish. Xomashyo muammo bo‘lmaydi. Uni tayyorlash uchun zarur ohaktosh hududda bor. Bu yo‘nalishda ham tadbirkor jahon tajribasiga murojaat qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2017-yil holatiga ko‘ra, viloyatimizda investitsiya kiritish majburiyatlari evaziga tanlov asosida "nol" xarid qiymatda 65 ta davlat mulki obyekti tadbirkorlarga bepul berilgan. Investorlarga korxonalarni rivojlantirish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatbardosh va eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatilgan. Tuzilgan shartnomalarga ko‘ra, kiritilishi lozim bo‘lgan jami sarmoya miqdori 116,5 milliard  so‘m va 3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu istiqbolli loyihalarning ro‘yobga chiqishi natijasida 1600 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 45 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family