wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bugun yurtdoshlarimiz barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaralarini, xususan, aholi uchun munosib hayot darajasining sifati tubdan yaxshilanayotganini o‘zlarining kundalik turmushlari misolida ko‘rib turibdi.

Zero, fuqarolarning baxtli-saodatli, farovon umr kechirishini kafolatlash, huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada yaxshilash, xalqimizni tibbiyot tizimi faoliyatidan rozi qilish – barchamizning eng muhim vazifamizdir, dedi davlatimiz rahbari.

 

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohani rivojlantirish, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu borada birlamchi tibbiyot xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifa qilib belgilangan.

2016-yil bilan qiyoslaganda, o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Joriy yilda oilaviy poliklinikalar 793taga ko‘paydi. Tunu kun faoliyati ko‘rsatadigan 793 qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil etilib, ularda tez tibbiy yordam shahobchasi hamda kunduzgi statsionarlar ochildi. Onalar o‘limi 19dan 18,2ga tushdi. Sil bilan kasallanish keskin kamaydi. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hududlarga 2407 marta chiqdi, vaholanki 2016 yilda bu raqam 500dan arang oshgan edi. O‘tgan ularning xizmatidan 30 ming kishi foydalangan bo‘lsa, joriy yil ko‘rsatkich 220 mingga chiqdi. 99 nafar malakali shifokor xorijdan yurtimizga qaytib kelib, endilikda xalqimizga xizmat qilmoqda.

Tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Muhtoj fuqarolarni reabilitatsion texnik vositalar bilan ta’minlash 90 foizgacha oshirildi. Nogironlar aravalari, eshitish moslamalari kabi buyumlar bilan ta’minlash ikki hissa ortdi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilish maqsadi uchun 49,3 milliard so‘m, ya’ni 2 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi.

Soha uchun kadrlar tayyorlash ishlari ko‘lami kengaymoqda. Oliy ma’lumotli shifokorlar tayyorlash uchun qabul kvotalari soni 3445 taga yetkazildi, shundan 1180tasi maqsadli hududiy kvotadir. Klinik ordinaturada tayyorlash bo‘yicha ham kvotalar oshirildi.

Tibbiyotda xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar natijasida ixtisoslik turlari 50 tadan 126 taga ko‘paydi; soliq va bojxona imtiyozlari 2022 yilga qadar uzaytirildi; “Asaka” banki huzurida “Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etildi, xususiy tibbiyot muassasalari soni 400 taga ko‘paydi. Ayni paytda davlatga qarashli va xususiy tibbiyot muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi.

Davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 821 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu 2016-yildagidan 3,5 barobar ko‘pdir.

Shu bilan birga sohaga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiya miqdori oshib bormoqda. 2016 yilda 40,2 million dollar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 93,5 millionga yetdi.

Lekin hali sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammo va kamchiliklarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta’minoti va salohiyati yetarli emasligi, ya’ni bugungi kunda mamlakatimizda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi zaifligi, qishloq oilaviy poliklinikalarida zarur bo‘lgan tez tibbiy yordam shoxobchalari va dorixonalar tashkil etilmagani, xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirishda tadbirkorlar ishiga to‘siq bo‘layotgan rahbarlar faoliyati tanqid qilindi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida farmon va qarorlar qabul qilinganiga qaramay, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining hududlardagi faoliyati talab darajasida tashkil etilmayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, kardiologiya, dermatovenerologiya, endokrinologiya, neyroxirurgiya kabi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xususan, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlari yetarli emasligi, joylarda zamonaviy diagnostika va davolash usullari sust tatbiq etilayotgani, kasalliklarni erta aniqlash va davolash hamda aholi o‘rtasida profilaktika ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgani muhokama qilinib, mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator strategik vazifalar belgilab berildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy nazorat qilish va monitoringini yuritish maqsadida olti oylik ish rejasini ishlab chiqishi va uning qat’iy ijrosini ta’minlashi lozimligiga e’tibor karatildi. Shuningdek, bir hafta muddatda har bir hudud bo‘yicha rahbar xodimlardan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruhlarni tuzish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Ishchi guruhlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanishi va qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirishda tekshirish emas, balki joylardagi real holatni chuqur o‘rgangan holda, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish usulini ishlab chiqish va joriy etish talab etildi.

Kadrlar ta’minoti masalasi yechimi sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy hokimliklar bilan birgalikda tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida aniqlash, 2018-yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadli qabul kvotasini 2017 yilga nisbatan 20 foiz oshirish, maqsadli magistraturani 10 foiz, klinik ordinatura qabul kvotasini 15 foiz oshirish belgilandi.

Tez tibbiy yordam tizimida dori vositalari uchun ajratilayotgan mablag‘larni 2018 yilda kamida ikki barobar oshirish va hududlar kesimida bir me’yorda moliyalashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish topshirildi.

Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bunda homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan perinatal xizmatni takomillashtirish, onalar, go‘daklar va bolalar o‘limini kamaytirish, tug‘ma nuqsonli va nasliy kasalliklar bilan tug‘ilishlarning oldini olish, tug‘ruq komplekslari va bolalar shifoxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va davolash maqsadida ayollar tibbiy ko‘rigini to‘laqonli tashkil etish tizimini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Xususiy tibbiyotni tizimli asosda rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berildi. Xususan, poytaxtimizda faoliyatini boshlagan “Akfa medlayn” xususiy tibbiyot muassasasi negizida mamlakatimizda xususiy tibbiyotni rivojlantirish va ularga malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-davolash markazini tashkil etish, mazkur tibbiyot markazi hamkorligida Koreya Respublikasining oliy ta’lim tibbiyot muassasasi va uning hududiy filiallarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman hokimliklariga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholining hududlarga xos kasallanish ko‘rsatkichlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tor yo‘nalishlarga ixtisoslashgan statsionar sharoitidagi hususiy tibbiyot tashkilotlarini ko‘proq tashkil etish topshirildi.

Last modified on Juma, 12 Yanvar 2018

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 89 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family