wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Yagona interfaol davlat xizmatlari portali – YaIDXP (my2.gov.uz)ning yangi talqinida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni yengillashtiruvchi xizmatlar paydo bo‘ldi. Oldinroq yer-mulk egalari uchun ishga tushirilgan servislardan tashqari, endi mulkdorlarning Toshkent shahri hududida shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda poytaxtimizdagi hibsga olingan yoki taqiqlangan ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotni olish xizmatlari ham joriy etildi.

YaIDXP 2.0 ning shaxsiy kabinetida kadastr raqami va manzilini qayd etgan holda, turar joy to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldirish asnosida yangi xizmat turlaridan nafaqat yuridik, balki jismoniy shaxslar ham foydalanishi mumkin. Zarur ma’lumotlar kelib tushishi bilan ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi. Imtiyozli uy-joy yoki ipoteka kreditini olish uchun barcha zarur hujjatlarni to‘plashda mulkdorning shaxsiy uy-joyga ega yoki ega emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kerak. Uni portaldan olish mumkin. Buning uchun ariza egasiga maxsus shaklni to‘ldirib, so‘rov yuborish kifoya. Eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish tufayli ma’lumotnoma uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan hibsga olingan yoki taqiqdagi ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ma’lumotni ham olish mumkin. Barcha zarur ma’lumotlar uch ish kuni davomida bepul taqdim etiladi. Ko‘chmas mulk masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralarning bandligi hisobga olinib, ushbu xizmatlar uy-joy egalarining ishini sezilarli darajada yengillashtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, portalning “Ko‘chmas mulk” bo‘limida qator zarur xizmatlar ham taklif etiladi, ular orasida uy-joyni sotish yoki xarid qilish, uni sovg‘a qilish uchun onlayn ariza berish, yer uchastkasiga egalik qilish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish haqidagi qarorni olish kabi xizmatlardan keng foydalanilmoqda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 716 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family