wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.


Toshkentda 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni yuksak unvonlar, orden va medallarga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutladi. Ular orqali barcha vatandoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi bilan muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar Konstitutsiyamiz va Harakatlar strategiyasiga asoslanishini alohida ta’kidladi. Yakuniga yetib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, xalq bilan muloqotda bo‘lib, odamlarning og‘irini yengil qilishga asosiy e’tibor qaratilganini qayd etdi.

Darhaqiqat, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida oddiy odamlar bilan muloqotning mutlaqo yangi va samarali tizimi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1,5 milliondan ziyod murojaat kelib tushdi va ularning 1 milliondan ortig‘i ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda dunyodagi nufuzli ekspert va mutaxassislar ham xalq bilan muloqotning bunday usuli katta samara berayotganini e’tirof etmoqda.

Xalqimiz Yaratgandan avvalo tinchlik-xotirjamlikni so‘raydi. Shundan so‘ng o‘z uyim, boshpanam bo‘lsa, oilam, bola-chaqam bilan sog‘-salomat yashasam, deydi. Biz xalqimizning ana shunday orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun ikkita masalaga, ya’ni ichki ishlar va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada, albatta, ulkan ishlar amalga oshirildi. Uchastka profilaktika inspektorlariga xizmat mashinalari va uy-joylar ajratilmoqda. Haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” sifatida belgilandi. “Xavfsiz shahar” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 714 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family