Nishon tumanida 2017 yil hosili uchun 1120 nafar fermer xo'jaliklari tomonidan 21,1 ming gektar maydonda chigit ekib parvarishlandi.
Tumanning iqlim sharoitiga mos ravishda joriy yilda
9,3 ming gektarda “Buxoro-6”, 10,5 ming gektarda “Buxoro-8”,
1,1 ming gektarda istiqbolli “Porloq-2” va 200 gektarda g'o'zaning yangi navlari joylashtirildi.
Sug'oriladigan erlardan oqilona foydalanish hamda hosildorlikni oshirish maqsadida “90-lik” sxemada 12,1 ming gektar, “60-lik” sxemada 4,5 ming gektar, “qo'shqator” sxemada
4,5 ming gektar maydonlarga g'o'za parvarish qilindi.
Tumanda 49,5 ming tonna paxta xom-ashyosini etishtirish bo'yicha fermer xo'jaliklari bilan kontraktasiya shartnomalari tuzilgan.
Mavsum oldidan paxta yig'im-terimi uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida rejadagi 49,5 ming tonna paxta xom-ashyosini yig'ib-terib olish uchun har 1 tonna paxtaga 1 nafardan 49,5 ming nafar terimchilar hisob-kitob qilinib, 495 ta paxta terim otryadlari shakllantirildi.
Terimga jalb etilgan 49,5 ming nafar terimchilarning
11,3 ming nafarini fermer xo'jaliklari ishchilari, 34,7 ming nafarini uyushmagan aholi vakillari, 3,5 ming nafarini byudjetdan tashqari tashkilot, korxonalar ishchi-xizmatchilari tashkil etdi.
Paxta yig'im-terimini tashkil qilish uchun katta miqdorda paxta etishtiriladigan xududlarning har biriga qishloq xo'jaligida tajribasi bor, nufuzli tashkilotlarning birinchi rahbarlari biriktirildi.
Shuningdek, yotoqxonalarda joylashgan 18,5 ming nafar terimchilar uchun 111 ta “Mehnat-rohat” palatkali shaharchalari, shiyponlar sifali ta'mirlanib, mavsum davomida ular uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
Paxta terimi uchun 99,0 ming dona fartuk, 990 dona tarozi,
4 ming.dona yopqich, 990 dona qozon, 990 dona samovar va 990 dona ichimlik suv flyagalari joylarga etkazib berildi.
O'tgan vaqt mobaynida ko'zlangan maqsad sari astoydil sa'y-harakatlar qilinishi, tashkiliy ishlar, agrotexnik tadbirlarning to'g'ri va o'z vaqtida amalga oshirilishi natijasida Nishon tumani viloyatda birinchilardan bo'lib joriy yilning 27 oktyabr kuni davlatga 49,5 ming tonna paxta sotish rejasi oshig'i bilan bajardilar. Terilgan paxtaning 74 foizi 1-sortga sotildi.
Joriy yilda terim sur'atini oshirish uchun birinchi navbatda terimchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish masalalariga ko'proq e'tibor qaratildi.
Terim pullarini tarqatish bo'yicha har 5-10 ta fermer xo'jaligiga 1 nafardan bank xodimlari biriktirilib,
22,0 mlrd.so'mdan ortiq terim pullari har kuni dalaning o'zida tarqatib berildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha terim otryadlarida ertalabki nonushta va 2 mahal issiq ovqat bepul fermer xo'jaliklari va homiy tashkilotlar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Har beshda kunlik rejani oshig'i bilan bajargan, dalani toza tergan terimchilarni rag'batlantirish uchun 3200 dan ziyod har xil qimmatbaho sovg'alar tarqatib berildi.
Tumandagi 17 ta hududlarning har biriga 1-2 naffardan viloyat va tuman tashkilotlari mas'ul etib belgilanib, mavsum davomida terim otryadlarining safarbarligi, terimchilar uchun shart-sharoitlarni yaratib berish va boshqa tadbirlarni o'tkazishga amaliy yordam bermoqdalar.
Mehnat muvaffaqiyatiga erishishda, davlatga paxta sotish yuzasidan belgilangan reja majburiyatini tumanda birinchilardan bo'lib ado etgan “Guliston”, “Samarqand”, “Mehnatobod, “Hamza”, “Navbahor”, “Ibn Sino”, “Shirinobod”, “A.Qodiriy” hamda “U.Yusupov” massivlaridagi fermer xo'jaliklari katta dovondan oshishda munosib hissalarin qo'shdilar.
Tumandagi “Abdiev Baxtiyor”, “ Nishon paxta tolasi”, “Rajabov Abduvali”, “Umirov Davlat”, “Alisher”, “Alpomish”, “Axmatov Islom”, “I.Sohibov”, “Nishon shalolasi”, “Alimardonov Marka”, “Ayaks Nishon”, “Quvonov O'ktam”, “Nishon bog'inur”, “Nurafshon voha”, “To'qboy zafari”, “Xayriddin Murodov”, “Qoraev Zafar”, “Malika Qodirova”, “Odilbek Uralov”, “Samarqand sadosi”, “Serfayz”, “Yusupov Hamdam”, “Jumaev Odil”, “Eshqurbonov O'ktam”, “Bozorov Asadbek”, “Nishon kamoli”, “Nuriston-G” kabi yuzlab fermer xo'jaliklari o'ziga xos jonbozlik ko'rsatishdi.
Alohida e'tirof etish joizki, erishilgan yutuqqa muhtaram Prezidentimiz tomonidan qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni jadal olib borish yo'lidagi samarali sa'y-harakatlari hamda viloyat hokimligining dehqon-fermerlarga yaqindan turib ko'rsatayotgan bevosita amaliy yordamlari milliy boyligimiz manbai sanalgan paxta hosilining muvaffaqiyatini ta'minladi.
Nishon tumani davlatga paxta sotish rejasini oshirib bajargan bo'lsada, hali dalalarda hosil mo'l, tumanning mirishkor dehqonlari davlatga yana qo'shimcha 2500 tonna xomashyo topshirish, umumiy xirmonni 52 ming tonnaga etkazishga ahd qilganlar.
Viloyat “Paxta shtabi”
Nishon tumanida 2017 yil hosili uchun etishtirilgan paxta xom-ashyosini yig'ib-terib olish bo'yicha amalga oshirilayotgan tashkiliy chora-tadbirlar
- seshanba, Okt 31 2017
- Super User
Latest from Super User
- Xo'ja Ilg'orda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag'ishlangan tadbir milliy va jahon OAVlari nigohida.
- Asosida agrofirma xorijga achchiq qalampir, pomidor, bodring, karam, sabzi kabi mahsulotlarni eksport qilmoqchi
- Viloyatda yana 7 ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi
- Xizmat avtomobillari topshirildi
- Xasta ko‘ngillar quvonchga to‘ldi
- Ommabop
- So'nggilari
- Izohlari
-
Xo'ja Ilg'orda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag'ishlangan tadbir milliy va jahon OAVlari nigohida.
9 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida… -
Asosida agrofirma xorijga achchiq qalampir, pomidor, bodring, karam, sabzi kabi mahsulotlarni eksport qilmoqchi
Bugungi kunda yurtimiz dehqonlari jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan qishloq… -
Viloyatda yana 7 ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi
Bu haqda Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi "Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini… -
Xasta ko‘ngillar quvonchga to‘ldi
Xalqimiz sevib nishonlaydigan Navro‘z o‘z navbatida mehr-oqibat ayyomi hamdir. Yurtimizda…
-
Xo'ja Ilg'orda Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag'ishlangan tadbir milliy va jahon OAVlari nigohida.
9 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida… -
Asosida agrofirma xorijga achchiq qalampir, pomidor, bodring, karam, sabzi kabi mahsulotlarni eksport qilmoqchi
Bugungi kunda yurtimiz dehqonlari jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan qishloq… -
Viloyatda yana 7 ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi
Bu haqda Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi "Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini… -
Xasta ko‘ngillar quvonchga to‘ldi
Xalqimiz sevib nishonlaydigan Navro‘z o‘z navbatida mehr-oqibat ayyomi hamdir. Yurtimizda…