Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Katta hajmdagi yuklarni tashish, fuqarolarga xavfsiz va sifatli transport xizmati ko'rsatishda temir yo'llar muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda yuklarning 70 foizi, yo'lovchilarning 60 foizdan ortig'i aynan ana shu po'lat izlar orqali tashilayotgani ham buning isbotidir.

Ta'kidlash joiz, mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo'lgani kabi mamlakatimiz temir yo'l tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasini birgina viloyatimiz misolida ham ko'rish mumkin. O'tgan davrda viloyatda ko'plab yangi temir yo'l liniyalari ishga tushirildi.  Xususan, "asr qurilishi" deya nom olgan "Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on" temir yo'lining barpo etilishi tufayli Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatining eng chekka    tumanlariga temir izlar etib bordi. Dehqonobod tumaniga  temir yo'llarning kirib kelishi nafaqat ushbu hudud, balki   butun vohamiz iqtisodiy, ijtimoiy hayotida juda muhim o'rin egallagani sir emas.
Qolaversa, temir yo'l orqali xizmat ko'rsatish sifati va salohiyati ham tubdan yaxshilanib bormoqda. Tasavvur qiling, bundan bir necha yillar oldin Qarshidan Toshkentgacha  poezdda uch yarim soatda borish mumkinligiga kim ham ishonardi?! Zamonaviy "Afrosiyob" tezyurar poezdi ana shu ikki shahar orasidagi 511 kilometr masofani odatdagidan ikki baravar tezroq bosib o'tish imkonini bermoqda. Boshqa poezdlarda ham tezlik va yuk tashish imkoniyatlari keskin oshgan.
Bu xayrli ishlarda Qarshi lokomotiv deposi jamoasining ham katta hissasi bor. Depo "O'zbekiston temir yo'llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda korxonada 790 nafar kishi mehnat qilmoqda. Bu erda asosiy e'tibor ish unumini oshirish, zarur mehnat sharoitlarini ta'minlash va uni muntazam takomillashtirib borish, yo'lovchilar va tadbirkorlarga zamonaviy andazalar asosida xizmat ko'rsatishga qaratilgan.
- Tezlik, qulaylik va xavfsizlik mezonlari asosida xizmat ko'rsatish bosh maqsadimiz sanaladi, - deydi Qarshi lokomotiv deposi lokomotivlardan foydalanish bo'yicha boshliq o'rinbosari Sherzod Kamolov. - Bugungi kunda ana shu jihatlarga erishish uchun korxonamizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Eski teplovozlar bosqichma-bosqich qatnovdan olinib, ularning o'rni zamonaviy elektrovozlar bilan to'ldirilayapti. Hozirgi kunda Qarshi lokomotiv deposi tasarrufida harakatdagi 14 ta elektrovoz mavjud.
Eski turdagi teplovozlarning elektrovozlar bilan almashtirilishi eng avvalo resurs sarfi kamayib, ish unumdorligi ortishiga xizmat qilayapti. Misol uchun, avval bitta lokomotiv bilan o'rtacha 25 ta vagon olib o'tilgan bo'lsa, zamonaviy elektrovozlar uchun 45 ta vagon cho't emas. Yoki eski turdagi bitta lokomotivda 2 ming 200 tonnaga qadar yuk tortilgan bo'lsa, zamonaviy elektrovozda esa bu ko'rsatkich 3 ming 700 tonnani tashkil etmoqda. Shu birgina raqam misolida ham samaradorlik qay darajada oshganini bilish qiyin emas. Shunga qarab, xizmat narxi ham arzonlashayapti. Bu esa aholi, tadbirkorlar uchun ham ayni muddao bo'lmoqda. Bundan tashqari, elektrovozlar harakati ekologiyaga zarar etkazmasligi bilan ham ahamiyatga molik.
Shu jihatlarni hisobga olib, viloyatimizda ham yangi temir yo'l liniyalarini barpo etish bilan bir qatorda, mavjud yo'llarni elektrlashtirishga ustuvor e'tibor qaratilayapti va bu borada aniq ishlar amalga oshirilayapti. Joriy yilning iyun oyida "Qarshi - Darband" temir yo'li to'liq elektrlashtirilib, bu yo'nalishda ham elektrovozlar qatnovi yo'lga qo'yildi. Ushbu yo'nalish orqali hozirgi kunda sutkasiga 350-400 taga qadar vagon o'tkazilmoqda.
 Aytib o'tish o'rinliki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yilning 24-25 fevral kunlari viloyatimizga tashrifi davomida qadim Shahrisabz shahriga sayohlar oqimini oshirish va yo'lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Qarshi-Kitob temir yo'l uchastkasini elektrlashtirish hamda tezyurar poezd harakatini tashkil etish" loyihasini tayyorlash bo'yicha ham ko'rsatma bergan edi. Hozirda bu hududda elektrlashtirish ishlari jadal boshlab yuborilgan.
Loyihaga ko'ra, mazkur liniyaning umumiy uzunligi 124 kilometrni tashkil etadi. Yo'nalishda 3 ta vokzal, 8 ta stansiya, 46 ta ko'prik va 107 boshqa sun'iy inshootlar mavjud. 1 ta tortish elektrostansiyasini  va 94 kilometr masofada tutashtirish tarmog'i, tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini qurish belgilangan. Umumiy uzunligi 8 kilometr bo'lgan temir yo'llar ta'mirlanadi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar qatnovi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, "Kitob" va "G'uzor" stansiyalarini tubdan ta'mirlash, temir yo'l atrofini panjaralar bilan o'rash, signallashtirish va telekommunikasiya tizimlarini modernizasiya qilish ko'zda tutilgan.
2017-2018 yillar oralig'ida amalga oshiriladigan mazkur loyiha Toshkent, Samarqand, Qarshi va Kitob yo'nalishida yagona turistik marshrut yaratish va xalqaro turizmni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Poezdlar harakati vaqtini qisqartirish ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini yaratish barobarida, vohadagi qadimiy yodgorliklarni kelib ko'rishga oshiqayotgan sayyohlar sonining keskin ortishiga zamin yaratadi. Ushbu yo'nalishda poezdlar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanib, yo'lovchilarga Qarshidan Kitobgacha 50 daqiqada zamonaviy servis xizmatlaridan foydalangan holda etib borish imkonini beradi.
Elektrovozlar qatnovini yo'lga qo'yish bilan bir qatorda, ularning sozligini ta'minlash ham eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Qarshi lokomotiv deposida bunga alohida e'tibor qaratilmoqda. Poezdlarga zamonaviy texnik xizmat ko'rsatish, ularni sifatli ko'rikdan o'tkazish maqsadida 2016 yilning may oyida elektrovozlarni ta'mirlash sexi ishga tushirildi. Barcha zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan sexda elektrovozlar qatnovga chiqish oldidan ko'rikdan o'tkaziladi.
- Bu erda har bir yo'nalish bo'yicha usta-muhandislar ishlaydi, - deydi avtomat chilangari Azamat Ibragimov. - Masalan, elektrovoz ko'rikka kelishi bilan kimdir elektr o'tkazgichlari, kimdir boshqa ulanmalarning yoki ehtiyot qismlarning sozligini sinovdan o'tkazadi. Har bir  mutaxassis o'ziga biriktirilgan  qismning bexato ishlashi uchun javob beradi. Zamonaviy sexning qurib foydalanishga topshirilishi ishimizni juda engillashtirdi. Nosoz qismlarni shu erning o'zida ta'mirlab, qayta ishga tushirish imkoniyati bor.
Ma'lumki, zamonaviy elektrovozlar avvalgi teplovozlardan nafaqat quvvati, tezyurarligi, balki boshqaruvning kompyuterlashgan tizimda amalga oshirilishi bilan ham farq qiladi. Shu bois Qarshi lokomotiv deposida zamonaviy texnologiyalar bilan bemalol ishlay oladigan mashinistlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo'yicha ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Ayni vaqtda korxonada 50 nafar elektrovoz mashinisti va yana shuncha mashinist yordamchilari faoliyat yuritishmoqda.
- Mutaxassislarimizning barchasi O'zbekiston lokomotiv deposida o'qib, elektrovoz boshqarish sir-asrorlarini egallab qaytishgan, - deydi mashinist yo'riqchisi Yunus Toshtemirov. - Ularning ko'pchiligini yoshlar tashkil etadi. Korxonada yangi ish o'rinlari yaratish, shu asosda temir yo'l tizimi uchun kadrlar tayyorlovchi o'quv muassasalarini tamomlab kelgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, "ustoz-shogird" an'analarini yo'lga qo'yib, ularning kasbiy mahoratlarini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Darhaqiqat, kadrlar tayyorlash, ishchi-xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta'minlashga qaratilgan ishlar o'z-o'zidan, mehnat samaradorligi oshishiga va erishilayotgan muvaffaqiyatlar yanada salmoqli bo'lishiga xizmat qilayapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti xodimlari kunini nishonlash to'g'risida"gi farmoni esa sohada xizmat qilayotgan har bir temir yo'lchining faxr va iftixorini ulg'aytirdi. Farmonda 2017 yildan e'tiboran har yili yurtimizda avgust oyining birinchi yakshanbasini "O'zbekiston Respublikasi temir yo'l transporti xodimlari kuni" sifatida nishonlash belgilandi.
Albatta, bularning barchasi, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, iqtisodiy barqarorlik, ulkan bunyodkorlik ishlarining yorqin ifodasidir. Barcha sohalarda bo'lganidek, temir yo'l tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar ham bizning hech kimdan kam emasligimiz va kam bo'lmasligimizga komil ishonch uyg'otadi. Temir izlar bo'ylab harakatlanayotgan zamonaviy poezdlarimiz esa yurtimizning iqtisodiy qudrati, xalqimiz turmushi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilaveradi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 216 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech