Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 mart kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan YEvropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. 
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston va YETTB o'rtasida o'zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini alohida qayd etdi. 

Kichik biznes va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, bank-moliya sektori, infratuzilmani, ayniqsa, qishloq joylarda modernizasiya qilish, shuningdek, agrosanoat kompleksi, kimyo va neft-kimyo, metallurgiya sanoatida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi istiqbolli dastur hamda loyihalar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi. 
Mazkur bank bilan hamkorlik yillarida O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida YETTBning 500 million dollardan ziyod mablag'ini jalb etgan holda 54 loyiha hayotga tatbiq etildi. 
Uchrashuvda istiqbolga mo'ljallangan qo'shma Hamkorlik dasturini tayyorlash, kichik biznes sub'ektlari loyihalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularga ko'maklashishga doir tadbirlar o'tkazish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 
YETTB prezidenti Suma Chakrabarti Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul va o'zaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va O'zbekiston bilan uzoq muddatli hamda keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta'kidladi. 
YEvropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti mamlakatimizga tashrifi dasturiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda ham qator muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuvlar yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi bilan YEvropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum va Tabiatni muhofaza qilish sohasiga texnik ko'maklashish loyihasini amalga oshirish bo'yicha bitim imzolandi.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 148 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech