Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, o'zaro hamkorlik loyihalari haqida quyidagilarni so'zlab berdi:

– O'zbekistonga tashrifim juda samarali bo'lmoqda. Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo'lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. YErdan maqsadli va samarali foydalanish, bog'dorchilikni rivojlantirish va hosildorlikni oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi loyihalar bizda katta qiziqish uyg'otdi.

O'zbekiston bilan zamonaviy ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlari, hududiy aloqalar, savdo va tranzitni rivojlantirish imkonini beradigan avtomobil yo'llari va temir yo'l infratuzilmasini modernizasiya qilish, kichik va o'rta korxonalarni ko'paytirish hisobidan xususiy sektor salohiyatini oshirish, qishloq joylarda uy-joy qurilishi bo'yicha kompleks dastur, samarali zamonaviy energetika sektorini rivojlantirish va takomillashtirish kabi sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdormiz.

Prezident Shavkat Mirziyoev bilan suhbatda ham shular kabi bir qancha sohalarda hamkorlik qilish bo'yicha samarali muloqot bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan muloqotda qishloq aholisining turmush darajasini yanada oshirish, agrar tarmoqni modernizasiya qilish, tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, energiyatejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida urg'u berildi. Bu pirovard natijada mamlakatning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga zamin yaratadi.

Osiyo taraqqiyot banki O'zbekistonga 2017-2019 yillarga mo'ljallangan energetika sohasidagi infratuzilmalarni rivojlantirish, transport, kommunal xizmatlar, olis hududlarda turar-joylar qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mablag'lar ajratadi.

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi ulkan salohiyatga ega. Biz O'zbekistonning mintaqada transport aloqasini yaxshilash va global bozorlarga chiqish borasidagi sa'y-harakatlarini yuksak qadrlaymiz va ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlaymiz.

Shuni alohida qayd etmoqchimanki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish loyihalarida qatnashishni rejalashtirmoqdamiz. Binobarin, Harakatlar strategiyasi O'zbekistonning barcha sohalardagi taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu harakat yuksak samaralar berishiga ishonamiz.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 413 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech