Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Shavkat Mirziyoyev:
Ayni paytda, axborot-kommunikasiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o'zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning 12 yanvarida “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida” farmoyish chiqardi. Bu hujjat mamlakatimizda kechayotgan ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar, uning tashkiliy takomili va rivoji borasidagi ishlarni izchillashtirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, u xalqning ezgu maqsadlarga uyg'un g'oyalarining tarannumi sifatida ham e'tiborga molik. Nomlarini biz hamisha e'zoz bilan tilga oladigan buyuk ajdodlarimiz o'zlari erishgan oliy maqomga faqat kitob, ma'rifat orqaligina musharraf bo'lib, dovruq taratganlar.
Hazrat Alisher Navoiy salaflari fikrlariga tayanib bir muhim ma'lumotni keltiradi. Unga ko'ra, kitob ishiga  miloddan avval Erondagi peshdodiylar sulolasining uchinchi hukmroni afsonaviy Tahmuras davrida asos solingan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, kitobxonlik Sharq xalqlariga qadim-qadimdan xos bo'lgan ezgu fazilat, mo''tabar qadriyatdir.
Haqiqatan, xalqimiz kitobxonlikni azaldan go'zal fazilat deb biladi. “Madrasa ko'rgan”, “maktab ko'rgan” kabi ziyolilik, o'qimishlilikni anglatuvchi iboralar qatorida “kitob ko'rgan” degan baho odamning bilimdonligini, ko'p narsadan boxabarligini     anglatgan.
Lekin so'nggi yillarda kitob va kitobxonlik borasidagi qarashlariga ko'ra, garchi buni o'zlari tan olmasalar-da, odamlar uch toifaga ajralib qolgandek. Bir turkum kishilarimiz o'zlari o'qigan kitoblarga haddan tashqari berilib, atrofdagi boshqa narsalarni unutib qo'yish darajasiga etganlar. Ikkinchi toifa uchun kitob umrini o'tab bo'lgan vosita, shuning uchun uni mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Uchinchi toifadagilargina kitobni inson ma'naviy olamini boyitish bilan birga jamiyat hayotini go'zallashtirishga, moddiy, tabiiy borliqning taraqqiysiga xizmat qiluvchi zarur omil deb biladilar.
Bundan birinchi va uchinchi toifalarni bir xil baholab bo'lmasligi ko'rinib turibdi. Ularning birinchisini “kitobparastlik” deb atash mumkin. Kitobparastlik insonning ma'naviy kamoliga ijobiy ta'sir ko'rsatishi qiyin. Chunki kitob va hayot munosabatini tahlil etolmagan kishining real hayotdan uzoqlashib qolishi kuzatiladi. Qolaversa, hozirda turli aloqa vositalari orqali nomaqbul kitoblar oqimi ham shu qadar ko'pki, kishilarni ular orasidan tanlab o'qish mahoratini oshirish ham muhim masala. Kitobparastlarning  nomaqbul kitoblar ta'siriga tushib qolishi foydadan ko'ra zararni ko'proq keltiradi.  Nomaqbul deb atayotganimiz shunchaki mazmuni sayoz kitoblar  jaholatni kuchaytiradi.
Chunki kitobparast o'zi o'qigan ma'lumotlarga bandi bo'lgan. Boshqa har qanday ma'rifat unga begona bo'lib ko'rinadi, uni qabul qila olmay qoladi. Bunday holni ma'rifatparvar ajdodimiz Munavvarqori Abdurashidxonov “jahli murakkab” deb atagan edi. Bu jaholatning davosi ham albatta kitob, ya'ni bunday kishiga xo'broq kitobni ko'proq o'qitishdir.
Ikkinchi toifadagi kishilarni “kitobbezorilar” deb atash mumkin. Bu toifadagi aksariyat kishilar moddiy jihatdan o'zlariga to'q, to'la ta'minlangan bo'ladilar. Baribir, ular ham hayotda o'z ideallariga ega. Lekin, afsuski, ko'pincha ularga ideal bo'lgan shaxslar ma'rifatdan begona bo'lib, o'z atrofidagilarga kitob o'qimasdan ham hayotda ko'p narsaga erishish mumkinligini uqtiradilar. Kitob o'qiydigan, ko'p narsaga muhtoj bo'lib yurgan odamlarning ustidan kuladilar. Ularning ba'zilari odamlarning ma'naviy tabaqalanishini, insoniy qadriyatlarni tan olmaydilar. O'zlarining ta'birlari bilan aytganda, ular kitob o'qiy boshlasalar, uyqulari keladi. Ba'zan martabaliroq ziyoli odam oldida kitobbezori ekanliklari bilinib qolsa, kitob o'qib o'tirishdan ko'ra kitobxon odamlar bilan o'tirib suhbatlashishni ma'qul ko'rishlarini aytadilar. Lekin bunga ham aksar vaqt o'zlari amal qilmaydilar. Shunday bo'lsa-da, kitobbezorilik tuzalmas illat emas. Qalblariga yo'l topilsa, ular o'z qarashlaridan juda tez voz kechib, ma'rifat yo'liga kirishlari mumkin.
Uchinchi toifa kitobxonlik haqiqiy ziyolilikdir. Fan, ma'rifat, madaniyat va ishlab chiqarishning taraqqiyot sari harakati faqat ana shu toifaning hissasiga to'g'ri keladi.
Garchi buning hammasi inson tabiatiga bog'liq hodisalar bo'lsa-da, tuyg'ular, kayfiyatlar almashinuvi orqali uning munosabat o'zgartirish imkoniyatini hisobga olib, shaxs takomilini yuksaltirish tadbirlariga har doim ehtiyoj saqlanib qoladi. Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan farmoyishi ana shunday ehtiyojlarni qondirish maqsadida chiqarildi.
Farmoyish mazmun-mohiyati barcha fuqarolarimizning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun bajarilishi lozim vazifalarni nazarda tutib, yoshlarimizning barkamol avlod bo'lib tarbiyalanishlari uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yanada kengaytirish va yuksaltirishni alohida vazifa qilib qo'yadi.
Unda muhim masalalar qatorida sohadagi mavjud muammolarni samarali hal etishga qaratilgan dastur ishlab chiqish ko'zda tutilgani g'oyatda ahamiyatlidir. Ishonchimiz komilki, ushbu farmoyish ijrosi doirasida tayyorlanadigan dastur turli yot g'oyalar, “ommaviy madaniyat” niqobidagi nomaqbul xatti-harakatlar, internet tizimidagi tahdidlar xavfiga qarshi tura oladigan avlodni tarbiyalashga, tarbiyaning barqaror rivojiga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom  Karimov aytganidek, “fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat” bilan kurashishda qo'l keladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 134 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech