wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Inson avvalo oila bag'rida unib-o'sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida mahalla –ko'yda, ta'lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga etkazishdek ulug' vazifani oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo'lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.
Asrlar davomida saqlanib kelinayotgan udumlar va an'analarimizga e'tibor bersak, bizning ota va momolarimiz uchun salomat bo'lish, sog'lom turmush tarziga rioya qilish azaliy qadriyatlardan biridir.
Sog'lom turmush tarzi – bu oila a'zolarining jismonan, ma'nan, ruhan va intellektual barkamolligini, salomatligini ta'minlashga imkon beruvchi oilaviy udumlar, hatti-harakatlar, malaka-ko'nikmalar va shart-sharoitlar majmuini ifodalovchi kategoriyadir.Sog'lom turmush tarzining eng muhim ko'rsatgichi – bu oilaning barcha a'zolarida sog'lom turmush malakalari, o'z salomatligiga nisbatan mas'uliyat, javobgarlik, g'amxo'rlikning mavjudligi, turli zararli odatlar –chekish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste'mol qilishga ruju qo'ymaslik, muntazam sport bilan shug'ullanish, ovqatlanish, kiyinish va muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishdir.
Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda ayniqsa bizning mamlakatimizda oila muhim rol o'ynaydi. “Qush uyasida ko'rganini qiladi” deydi dono xalqimiz. Zero, hech bir farzand yaxshi yoki yomon xulqli, fe'l-atvorli bo'lib tug'ilmaydi. Bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida oila va ta'lim muassasasining ta'siri juda katta. Ota eng avvalo sog'lom turmush tarzini o'z oilasida qattiq turib o'rnatishi va bunga birinchi galda o'zi amal qilishi joizdir. Otani farzandlarining ishonchli do'sti, yaqin maslahatgo'yiga aylanishi o'z o'rnida bolaning oiladan uzoqlashishiga, yomon kishilar ta'siriga tushib, turli illatlar domiga kirib qolishiga yo'l bermaydi. Onaning dunyoga qay ko'z bilan qarashi, insonlarga, atrof-muhitga munosabati va fe'l-atvori bolada aks etadi. Onaning oqila va ziyrak bo'lishi juda muhim sanaladi.Chunki kelgusida bola o'zi hayotidagi voqea va hodisalarni ziyrak ko'z bilan idrok etadi, ularga befarq, loqayd bo'lmaydi. Hayotimizda uchraydigan har xil zararli odatlarga ko'r-ko'rona ergashib ketmaydi.
Zararli odatlardan bo'lgan chekish ko'pincha o'smirlarda kattalarning harakatlariga taqlid qilishlari natijasida yuzaga keladi. Chekishga ro'ju qo'yish esa oxir-oqibat giyohvandlik kasalini keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi. Farzandning har bir hatti-harakatidan ogoh ota-ona, ustozlar o'z vaqtida bu balodan qaytarishga, uni o'z hayotini o'zi qurboniga aylanib qolmasligiga o'z vaqtida chora topadi. Bola tarbiyasida ota-ona tomonidan me'yorida talabchanlik ham, muloyimlik ham, e'tibor ham talab qilinadi.
Ko'p hollarda o'smirlarning giyohvandlik ko'chasiga kirishiga uni o'rab turgan tengqurlari sabab bo'ladi, degan fikrga boramiz. Lekin, eng avvalo, bu illatning boshlanish nuqtasi oilada ekanligi bugun o'z isbotini topmoqda. Chunki, oilada bola nafaqat o'ziga makon topadi., balki odamlar, tengqurlar, umuman insonlar bilan munosabatga kirishishni o'rganadi, kattalar ko'zi bilan dunyoni, hayotni anglaydi. Farzandning atrofdagi insonlarga munosabati, dunyoga qay ko'z bilan qarashi uning hayotidagi birinchi va asosiy murabbiylari bo'lmish ota-onaga bog'liqdir. Oilada o'rnatilgan o'zaro munosabatlardagi ahillik, totuvlik, har doim bir- birini qo'llab-quvvatlab turish noxush holatlarning oldini oladi.
Yoshlarni zararli odatlarga berilish, jumladan giyohvandlikka chalinishdan asrash, ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirish kabi ezgu maqsadlarga oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligi natijasida erishish mumkin.


Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B.B.Niyazova

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 171 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family