Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Bugun yurtimizda ish bilan band aholining 78 foizi xususiy sektorda mehnat qilmoqda. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida sohaning ulushi esa yildan-yilga ortib borayapti. Bu yurtimizda qulay ishbilarmonlik muhiti shakllantirilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining davlat tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani, bu borada keng imtiyozlar tizimining joriy etilgani samarasidir.
Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, o'z biznesini yo'lga qo'yayotgan, daromadlarini oshirish bilan bir qatorda, qo'shimcha ish o'rinlari yaratayotgan, elga, yurtga nafi tegayotgan ishbilarmonlar soni oshib bormoqda. Shahrisabzlik Quvondiq Boboev ham ana shunday tadbirkorlardan. U "Muhammadieva Nozima" xususiy korxonasini tashkil etib, to'liq o'z mablag'i hisobidan parfyumeriya va yuvish vositalari ishlab chiqarishni yo'lga quydi. Tadbirkor tashabbusining muvaffaqiyatli ro'yobi natijasida 10 nafar kishi doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.

- Hozirgi kunda asosan mahalliy xaridorlar bilan ishlayapmiz, - deydi Quvondiq Boboev. - Sekin-asta mahsulotlarimiz bozorda o'z o'rnini topib borayotgani samarasida faoliyatimizni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko'paytirish imkoni tug'ilmoqda. Ayni vaqtda bir necha turdagi shampun, yuvish vositalari ishlab chiqarayotgan bo'lsak, tez orada buning yoniga xo'jalik sovunini ham qo'shmoqchimiz. Bundan tashqari, mahsulotimizni eksportga chiqarish ustida ham ish olib borayapmiz.
Ta'kidlash joiz, bugungi bozor sharoitida mahsulot tannarxini arzonlashtirish barobarida uning raqobatbardoshligini saqlab qolish davr talabidir. Bunda ishlab chiqarishni modernizasiyalash va shu bilan bir qatorda mahalliy xomashyodan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur korxona rahbari ham shu jihatlarga alohida e'tibor qaratgan. Shu maqsadda kelgusida ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish va korxonaga qo'shimcha texnologiyalar keltirish ko'zda tutilgan.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 606 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech