wrapper

O´zbekiston Respublikasi Xalq ta´limi vazirligi va  Respublika ta´lim markazi tomonidan Alisher Navoiy tavaludining 575 yilligi va  Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan fevral oyi  umumta´lim maktablarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi deb e´lon  qilindi. 
  Oylik doirasidagi dastlabki tadbirlardan biri Toshkent  shahri Olmazor tumanidagi 165-maktabda o´tkazildi. “Millatimizning buyuklarini  yod etib” deb nomlangan o´quv-amaliy seminarda o´qituvchi va mutaxassislar  Navoiy va Bobur ijodini yangicha uslub hamda yondashuvlar asosida o´qitish,  o´qituvchilarning ilg´or tajribalarini ommalashtirish xususida fikr almashdi.  Bayram tadbirida maktab o´quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna  ko´rinishlari, ijodiy namoyishlar yig´ilganlarda katta taassurot  qoldirdi. 


  Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ulug´  allomalarimiz hayoti va ijodini o´rganish, ularning yuksak insonparvarlik  g´oyalari bilan yo´g´irilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa,  navqiron avlod ongiga singdirishga alohida e´tibor qaratilmoqda. Alisher Navoiy  va Bobur Mirzoning tavallud kunlari munosabati bilan tashkil etilgan  “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi bu boradagi ishlarning izchil davomidir. 
 
  Alisher Navoiy va Bobur ijodida o´xshash jihatlar ko´p. Ular ko´ngil,  ishq, iymon, odob-axloq, qanoat, saxovat, vafo kabi tushunchalarni teran  sharhlaydi. Ota-onani, Vatanni e´zozlash zarurligini ta´kidlaydi. Inson bu  hayotda yaxshi nom qoldirishi, umrini ezgulik va yaxshiliklar qilish bilan  bezashi muhimligini uqtiradi. Bularni yoshlar ongiga etkazishda maktablardagi  ma´naviy-ma´rifiy tadbirlar muhim o´rin tutadi. 
 
  – Umumta´lim maktablarida  “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligini yuqori saviyada tashkil etish bo´yicha  chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, – deydi Respublika ta´lim markazi  filologiya fanlari bo´limi bosh metodisti Komila Usmanova. – Ta´lim  maskanlarida adabiyotshunos olimlar, adiblar bilan uchrashuvlar, navoiyxonlik  kechalarini tashkil etish an´anaga aylangani yoshlarning ongu tafakkurini  yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarimizga  hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 
  Xalq ta´limi vazirligi, viloyat xalq ta´limi boshqarmalari,  tuman xalq ta´limi bo´limlari tomonidan buyuk bobokalonlarimiz ijodi va  faoliyatini o´rganish tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktablarda  “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kunlarini o´tkazish yuzasidan metodik tavsiya  tayyorlanib, umumta´lim maktablariga etkazib berilmoqda. Unga muvofiq “Navoiy  va Bobur ijodida Vatan madhi”, “O´zbek adabiy tili rivojida Alisher Navoiy va  Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining o´rni” mavzularida ilmiy-amaliy seminarlar  tashkil etiladi. Yosh pedagoglar o´rtasida bahru baytlar, mutafakkirlarning  maktab darsliklarida o´rganiladigan asarlari bo´yicha “Eng yaxshi dars  ishlanmasi”, “Eng yaxshi tadbir ishlanmasi” ko´rik-tanlovlari o´tkaziladi.  Ta´lim muassasalarida buyuk bobokalonlarimiz siymosi, hikmatli so´zlari, ijodi  va faoliyati aks etgan ko´rgazmalar tashkil etiladi. 
  Poytaxtimizdagi umumta´lim maktablarida “Ajdodlari ulug´  yurt farzandiman”, “Navoiy va Bobur ijodi shaydosiman”, “Ajdodlarga munosib  farzand bo´laylik” mavzularida diktant, bayon va insholar tanlovi, “G´azalxon  o´quvchi”, “Ruboiylar ixlosmandi” ko´rik-tanlovlari o´tkaziladi. Shuningdek,  "Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi", "Bobur ma´naviy  merosining inson kamolotidagi ahamiyati" mavzularida adabiyotshunos  olimlar bilan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 
  Ta´lim dargohlarida o´tkazilayotgan bu kabi xayrli ishlar  ulug´ mutafakkirlarimiz asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga  muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va o´zaro hurmat  tuyg´ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Last modified on seshanba, 23 Fevral 2016

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 125 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family